Jahon | 22:44 / 27.01.2020
5196
2 daqiqa o‘qiladi

Sloveniya bosh vaziri iste'foga chiqdi 

Maryan Sharets / Foto: Reuters

Sloveniya bosh vaziri Maryan Sharets iste'foga chiqishini va mamlakatda muddatdan avval parlament saylovlari o‘tkazilishini e'lon qildi. 

“Men joriy hukumat bilan odamlar kutayotganlarini bajara olmayman, eng odil yo‘l muddatdan avval parlament saylovlari o‘tkazilishi bo‘ladi”, deb ma'lum qilgan siyosatchi. U, shuningdek, o‘z vazirlar mahkamasining joriy tarkibi bilan tub islohotlar amalga oshira olmaganini” qo‘shimcha qilgan.  

“Fuqarolar muddatdan avval saylovlarda menga ishonishlari yoki yo‘qligiga javob bera olishadi”, deb ta'kidlab o‘tgan Sharets.

Sharets hukumat tepasiga 2018 yil 3 iyunda o‘tgan muddatdan avval saylovlar natijasida kelgan. Biroq saylovlar natijalari bo‘yicha birorta siyosiy kuch vazirlar mahkamasi tarkibini bir o‘zi belgilay olishi uchun zarur bo‘lgan o‘rinni egallay olmagan.

2020 yil yanvar holatiga “Maryan Sharets ro‘yxati” mamlakatdagi eng ommaviy partiya bo‘lib qolgan. 

Mavzuga oid