Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tataristonda «Yil talabasi» o‘zbekistonlik Kamoliddin Boboxonov bo‘ldi
Foto: media.kpfu.ru
O‘zbekistonlik Kamoliddin Boboxonov “Tatariston talabasi-2019” mukofoti sovrindori bo‘ldi. Kamoliddin 50000 rubl mukofot pulidan tashqari, dunyoning istalgan oliy ta'lim muassasasida o‘qishni bepul davom ettirish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.
Mukofot g‘olibini taqdirlash marosimi 25 yanvarda Qozondagi “Piramida” konsert zalida bo‘lib o‘tdi. G‘olib nomini shaxsan Tatariston prezidenti Rustam Minnixanov e'lon qildi.
Toshkentlik Kamoliddin Boboxonov Qozon federal universitetining Ijtimoiy-falsafiy fanlar va ommaviy kommunikatsiyalar institutida tahsil oladi.
2020 yilda mukofot o‘z yubileyini nishonladi: u 15-marta topshirildi.
Kamoliddinga ushbu mukofot g‘oliblariga topshiriluvchi “Tataristonning eng yaxshi talabasi pidjaki” va g‘olib nomi yozilgan sharf topshirildi.
G‘olibning KazanFirst nashriga ma'lum qilishicha, u hozircha o‘qishni qaysi oliy ta'lim muassasasida davom ettirish borasida bir to‘xtamga kelmagan. Ehtimol, bu Buyuk Britaniyadagi yoki Rossiyadagi yetakchi OTMlardan biri bo‘lishi mumkin. Kamoliddin o‘qishni “xalqaro munosabatlar” yo‘nalishida davom ettirish istagida.
“Qozonda Rossiyada talabalar uchun bor bo‘lgan eng yaxshi sharoitlar yaratilgan”, deb minnatdorlik bildirgan o‘zbekistonlik talaba o‘z nutqida.
Mavzuga oid
13:41 / 02.12.2025
Saida Mirziyoyeva Tatariston raisi Rustam Minnixanov bilan uchrashdi
19:45 / 15.06.2025
Kiyevda Boeing ofisi zarbaga uchragan, Tataristonda dron zavodiga hujum qilindi
20:56 / 20.04.2025
Tataristonda og‘ir kasallikka chalingan fuqaro O‘zbekistonga olib kelindi
19:09 / 26.12.2024