AQSh Afg‘onistonni tiklashga qariyb 137 milliard dollar sarflagani ma'lum qilindi
AQSh keyingi yillarda Afg‘onistonga yordam berish uchun qariyb 137 milliard dollar sarfladi, deb ma'lum qildi Afg‘onistonni tiklash bo‘yicha bosh inspektor Jon Sopko.
"2019 yil 31 dekabr holatiga ko‘ra, bu raqam 136,97 milliard dollarni tashkil etadi", - dedi Sopko vakillar palatasidagi chiqishi chog‘ida.
U bu mablag‘ qancha muddatda sarflanganiga aniqlik kiritmadi.
Sopko Afg‘onistondagi umumiy vaziyat haqida gapirar ekan, AQSh yordamiga qaramasdan, mamlakat iqtisodiyoti o‘ta zaif ekanligi, qurolli nizolar davom etayotgani va giyohvandlik moddalari ishlab chiqarish o‘sayotganini bildirdi.
"Ma'lumot o‘rnida: AQShning ko‘prik va yo‘llar qurilishi uchun yillik budjeti 50-60 milliardni tashkil etadi. Afg‘onistonga sarflagan pulimizga milliy infratuzilmamiz budjetini ikki-uch yil ichida ikki baravarga oshirishimiz mumkin edi", - dedi u.
Mavzuga oid
22:03 / 12.11.2024
AQSh hukumati NUJ bo‘yicha ba’zi ma’lumotlarni oshkor qilishi mumkin
16:55 / 12.11.2024
Tramp millionlab migrantlarni deportatsiya qilishni rejalashtirmoqda - OAV
09:15 / 12.11.2024
AQSh Suriyada eronparast guruhlar obektlariga zarba berdi
16:42 / 11.11.2024