«Million dollar taklif qilişdi» – Toşkentdan topilgan xazina taqdiri nima böldi?
|23:52 / 31.01.2020103 1539 min
Kun.uz bundan bir yil muqaddam Toşkentda qadimiy xazina topilgani haqida xabar bergan edi. Şundan söng OAV, jumladan televideniyeda bu haqda turli körsatuv va materiallar tayyorlanib, ommaga e'lon qilindi.
Jumladan, «Madaniyat va ma'rifat» telekanali lavhasida topilmalarning barçasi Özbekiston tarixi davlat muzeyiga topşirilgani körsatildi.
Ammo xazinani topgan mustaqil izlanuvçi Muhammadbobur Yusupovning aytişiça, xazina tölaligiça muzeyga topşirilgan emas – uning orasidagi ba'zi bir qimmatbaho buyumlar qayerdaligi hozir noma'lum.
«Hozirça xazina taqdiri haqida ma'lumot bera olmayman. Oxirgi marta uşbu xazina Davlat xavfsizlik xizmatiga topşirilgani hammaga ma'lum. Şundan söng bu iş davom etişi rejalaştirilgan edi.
Bundan taşqari, Toşkent şahri markazida joylaşgan binolarimizda lazer va rentgen skaner qurilmalari yordamida yana böşliq borligi aniqlandi. Qidiriş işlarini davom ettiriş rejalaştirilgan edi. Hozirda uşbu işlar natijasi nima bölgani böyiça menda aniq ma'lumot yöq.
Bu – özbek xalqining boyligi. Niyatim – xazinadagi buyumlar tegişliligi böyiça davlat muzeylaridan örin olsa, uzimiz va kelajak avlod uçun tariximizning oçilmagan qirralarini oçib beradi.
Xazinaga egalik qiliş uçun köplab çet el taşkilotlari katta takliflar bilan oldimga kelişdi. Ular kolleksiya tarkibidagi qadimgi qölyozmalar, diniy manbalar, masalan, Iso payğambar va payğambarimiz Muhammad (s.a.v.)ning tarixlari bilan boğliq öta noyob manuskriptlarga qiziqiş bildirişgan edi. Ikkinçisi, san'at asarlari – Toşkent şahrida yaşagan knyaz Nikolay Romanovning saroyidan yöqolgan portret va kartina suratlari böldi.
Keyingi e'tibor bu – J.J.Audubonning Londonda naşr qilingan «Amerika quşlari haqida»gi kitobiga böldi. Bu kitobni olib çiqib ketişga köplab urinişlar böldi. Uşbu kitobga birinçi kelgan odam menga 1 mln AQŞ dollari miqdorida pul taklif qildi. Men bu kitob sotilmasligini aytib, uni Milliy universitet kutubxonasiga olib kelganman. Kitob London şahrida naşr etilgan. Içidagi suratlari qölda çizilgani uçun judayam noyob hisoblanadi.
Yuqorida aytib ötganlarimning hammasi xavfsizligini ta'minlaş maqsadida Davlat xavfsizlik xizmatiga topşirilgan. Xazina menga qaytarilişiga kelişilgan edi. Hozirça qaytarilgani yöq.
Mavzuga oid
Bu kolleksiyalarning taqdiri menga ma'lum emas.
Xazina haqida batafsil ma'lumot – qayerdan topildi, aynan nimalar topildi – bular hali e'lon qilingani yöq. Sababi – xazina topilgan binoda qidiruv işlari tugatilgani yöq. Aytib ötganimdek, binoda yana ikkita böşliq mavjud. Agar ma'lumotni e'lon qilsak, xazina izlovçilar tomonidan talab ketilişi holati bölişi mumkin. Şu sababli bino nomi hozirça oşkor etilgani yöq. Topilmalarni esa ekspertiza xulosasidan keyin asta-sekinlik bilan e'lon qiliş imkoniyatiga ega bölamiz.
Xazinaning qolgan qismlari bölişi mumkin, deb gumon qilinadi. Hali aniq dalilga ega emasmiz. Lekin bino yetarli darajada davlat muhofazasiga olinmagan», – deydi Muhammadbobur Yusupov.
U topilgan xazinadagi har bir aşyoni suratga olgani va belgilarini eslab qolganini ta'kidladi. Qonunçilikka asosan, xazina topgan şaxs xazina qiymatining 50 foizi miqdorigaça mukofot puli olişi kerak. Ammo ma'lum bölişiça, izlanuvçiga bu mukofot berilmagan.
«Hozirça berilgani yöq. Agar xazinamiz Özbekistondan olib çiqib ketilmagan bölsa, uning taqdiri hal etilgandan söng balki bu işlar amalga oşib qolar», – deydi Muhammadbobur Yusupov.
Şundan söng Özbekiston tarixi davlat muzeyiga borib, topşirilgan topilmalar haqida ma'lumot oldik.
Muzey boş muhofizi Ravşan Ğulomovning aytişiça, mustaqil izlanuvçi Muhammadbobur tomonidan topilgan 92 dona buyum tegişli dalolatnoma asosida 2019 yil 28 iyul sanasida Özbekiston tarixi davlat muzeyiga topşirilgan.
«Bular – turli körinişdagi kitoblar, ikonalar, tangalar va 2 dona mikroskop. Faqat şu 92ta buyum röyxat asosida qabul qilib olingan. E'lon qilinganida körganman, stolga yoyilgan buyumlar bor edi – bu buyumlarning bir qismi [şu 92ta buyum orasida] bor. Qolganidan xabarim yöq», – dedi Özbekiston tarixi davlat muzeyi boş muhofizi.
Töqsondan ortiq bu buyumlardan taşqari, Muhammadbobur Yusupov 2018 yil oxirida muzey direktori Jannat Ismoilovaga 60dan ziyod kitob va hujjatlarni topşirganini aytmoqda. Jannat Ismoilovaning aytişiça, bu aşyolar hali hujjatlaştirilmagan.
Şuningdek, tadqiqotçining ma'lum qilişiça, muzeydan örin olişi lozim bölgan qadimiy qölyozmalar va qimmatbaho kitoblar, şuningdek topilma tarkibidagi boşqa bir qança aşyolarga çet el taşkilotlari va kolleksionerlari tomonidan qiziqiş bildirilib, ularni katta pul evaziga sotiş taklif qilingan.
Şundan söng Muhammadbobur bu haqda Davlat xavfsizlik xizmatiga xabar beradi va bir neça million dollar evaziga sotiş taklif qilingan noyob kitoblar, qölyozmalar, xaritalar, hujjatlar va ikonalarni Davlat xavfsizlik xizmatiga topşiradi.
Biroq oradan qariyb bir yil vaqt ötgan bölişiga qaramay, uşbu kitoblarning mansubligi va kelgusi taqdiri haqida biror bir ma'lumot berilmagan.
Tadqiqotçi Muhammadbobur Yusupov katta tarixiy ahamiyatga ega bu topilmalar taqdiri ijobiy hal etilişi, kimlarningdir şaxsiy manfaatlariga emas, tegişli muzeylardan örin olişi lozim, deb hisoblaydi.
Tegişli idoralar uşbu masalaga e'tibor qaratib, topilmalarning kelgusi taqdiriga oid batafsil ma'lumot berişiga umid qilib qolamiz.
Quyida xazina tarkibida bölgan ayrim buyumlarning suratlari keltirib ötiladi.
Qur'on töplamlaridan biri
Islom dini va Muhammad alayhissalom tarixiga oid manuskript (Buxoro amirining saroyidagi xazinasida saqlangan, XV asr)
Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar. Arabiston, arablar, arab tili, Makka, Madina, Ka'ba tarixi, sönggi Muhammad ismli oxirzamon payğambari kelişi haqida başorat va rivoyatlar, Muhammad payğambarga tuşirilgan din va vahiylar tarixi, Islom laşkari zafarlari, Islom dinini dunyoga yoyilişi tarixi (asar VII-VIII asrlarda yuz bergan muhim tarixiy voqeliklardan guvohlik beradi)
Amir Temur ixlos qöygan avliyo va allomalar, uning yonida unga yöl körsatgan, davlat boşqaruvi va harbiy yurişlar sirlarini örgatgan ustozlari tarixi (asarda Amir Temur, musulmon dunyosida tuğilib ösgan, islom dini, e'tiqodi yölida xizmat qilib jon bergan 30dan ortiq Movarounnahr allomalari haqida işonçli tarixiy ma'lumotlar, Amir Temurga pirlari tomonidan Islom şariatiga muvofiq, oxiratda Allohga qaytişni unutmagan holda, adolat bilan davlatni boşqariş haqidagi ögitlari yozilgan, muhrlar bilan haqiqiyligi va işonçliligi tasdiqlab qöyilgan. XIV asr oxiri – XV asr boşlari)
Payğambarlar va ularning avlodlari şajarasi va tarixi (Buxoro amirining saroyidagi xazinasida saqlangan. Rossiya imperatorining rezident maslahatçisiga sovğa qilingan. XIV-XV asrlar)
Buxoro amirining mol-mulki röyxati, Şayxulislom fatvolari, Haj safarida öqib ketiladigan duolar, Arabiston, Afğoniston va Buxoro amirliklari çegarasi xaritalari (XVI-XVIII asrlar)
1745-1747 yillar davomida germaniyalik xaritaşunos sayyoh tomonidan Xiva xonligi va Buxoro amirligi, Venetsiya va Xitoy savdo yöli haqida çizilgan xarita va ma'lumotlar
Usmon Qur'onini Ufadan Toşkentga olib kelgan zobitlar boşliğiga tegişli daftar
Knyaz Romanovning kundaligi
Knyaz N.K.Romanovning Rossiya imperatorlari bilan yozişmalari
Rossiya davlati va hukmdorlari tarixi solnomalaridan birining içki surati, Romanovlar uyi kolleksiyasi (XVIII asr)
Qadimgi yahudiy xalqi va dini tarixi bitiklari (Qişki saroy kolleksiyasi)
Injil. Moskva knyazligida köçirilgan manuskript (Qişki saroy, Rossiya imperatorining şaxsiy kolleksiyasi)
Injil manuskriptlaridan biri
Nasroniylik tarixi (1604 yil)
Kiyev Rusida köçirilan lotin alifbosida qadimgi slavyan tilida yozilgan Iso Masih va Bibi Maryam, apostollar (havoriylar) va ibodat haqidagi rivoyatlar (Kiyev Rusi çerkovi)
Germaniya, Galliya, Italiya, Yunonistonning qadimgi tarixi. Gotika uslubida lotin, nemis, yunon, ibroniy tillarida yozilgan va suratlar bilan bezatilgan katta hajmli manuskript (1492 yil, Frankfurt)
Knyaz N.K.Romanovning şaxsiy xonasidagi marmar haykallar va suratlardan namunalar
N.K.Romanovning seyfida saqlangan yuzlab oltin tangalar va oltin quymalardan namunalar