Özbekiston milliy universiteti olimlari poytaxtimizning markazidagi eski binolardan birida olib borilgan qidiruv işlari vaqtida, yertöladan 80 yillar avval yöqolgan va million AQŞ dollaridan ortiq qiymatga ega xazina topişdi.

Bino 1870 yillarda qurilgan bölib, uning yertölasi ostida yana bir yaşirin hujra mavjud bölgan. Bu hujraga tuşiş joyi kömilib ketganligi sababli salkam 80 yil bu haqida heç kim bilmagan.

Noyob san'at asarlari, oltin kumuş tanga va idişlar, burjuaziya uslubida işlangan buyumlar Toşkent şahridagi XIX asr avliyo Yevangel protestantlar va xristian provaslavlar çerkovlari devorlariga işlangan qadimiy suratlar, ikonalar, qimmatli metalldan yasalgan buyumlar şular jumlasidandir.

Hozirda topilmalar muzeyga olib kelinmoqda. Ayrim topilmalar restavratsiya işlarini olib boriş uçun Germaniya va polşalik mutaxassislar guruhidan iborat maxsus laboratoriyaga topşirilişi rejalaştirilgan.

Uşbu topilmalar orasida 1918 yil Toşkentdagi knyaz Romanov saroyining noyob kolleksiyalari, 1920 yilda Toşkentga Yevropa va Sankt-Peterburgdan kelgan maşhur dvoryanlar va olimlarga hamda 1932-38 yillarda Stalin repressiyasi qurbonlari hamda general Jörabek uyidan yöqolgan aşyolar ham mavjud.

Hozirça topilmalari aniq soni, nomi va qiymati töliq e'lon qilingani yöq. Qidiruv işlari ÖzFA ning tarix va arxeologiya sohasidagi akademik ekspertlar guruhi bilan davom ettirilmoqda. Quyidagi suratlarda uşbu xazinadan misollar keltirib ötamiz.

Oltin mikroskop. XIX asr. Avstriya imperiyasi

Oltin mikroskop. XIX asr. Avstriya imperiyasi

Oltin-kumuş tangalar namunalari. Bu joyda köplab tangalardan biri keltirilgan. Xazinada önlab bunday tangalardan mavjud