Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polsha AQShdan 32 dona F-35 qiruvchi samolyotini sotib oldi
Polsha mudofaa vaziri Mariush Blashchak AQShdan 35 dona F-35A Lightning II qiruvchi samolyotini sotib olishga 4,6 mlrd dollarlik shartnomani imzoladi.
Polsha 2019 yil mayida AQShga F-35A samolyotidan 32 dona sotish iltimosi bilan murojaat qilgan. O‘shanda Blashchak Polsha havo kuchlariga sobiq ittifoq samolyotlarini zamonaviy modeldagi samolyotlarga almashtirish talab etilayotganini aytgan.
Ta'kidlanishicha, samolyotlarni sotib olishga Polshaning mudofaa xarajatlarining katta qismi sarflanadi. NATO statistikasiga ko‘ra, Polsha 2019 yilda mudofaaga 11,9 mlrd dollar sarflashni rejalashtirgandi.
Samolyotlar Polshaga 2024 yildagina yetkazib beriladi.
AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Polsha rahbariyatining samolyotlarni sotib olish qarorini olqishlab, uni “AQSh va Polsha o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlovchi va jamoaviy hamda shaxsiy mudofaaga ko‘maklashuvchi dono qaror” deb atagan.
Mavzuga oid
19:55 / 04.07.2026
Jaziramadagi bayram: issiq sabab AQShdagi mustaqillik tadbirlari bekor qilinmoqda
22:57 / 03.07.2026
Donald Trampga 321 ta olmos ko‘zli uzuk sovg‘a qilindi - OAV
18:30 / 02.07.2026
AQSh 50 yillik taqiqdan so‘ng tovushdan tez uchuvchi samolyotlar parvoziga ruxsat beradi
19:37 / 01.07.2026