Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston Xitoy bilan chegarani yopdi va aviaaloqani to‘xtatdi
Qirg‘iziston koronavirus epidemiyasi sababli Xitoy bilan chegarasini yopdi va aviaaloqani to‘xtatdi.
Bu haqda Qirg‘iziston hukumati matbuot xizmatida ma'lum qilindi.
“Qirg‘iziston Xitoy bilan davlat chegarasini vaqtinchalikka yopdi va aviaaloqani to‘xtatadi”, deyilgan xabarda.
Ma'lum qilinishicha, ushbu qaror koronavirusning Qirg‘izistonga olib kirilishi va tarqalishi oldini olish bo‘yicha shtab tomonidan qabul qilingan.
Qirg‘iziston hukumatida ta'kidlanishicha, ayni vaqtda mamlakat hududida koronavirusdan kasallanish bo‘yicha birorta holat qayd qilinmagan. Chegaralarda kuchli nazorat o‘rnatilgan, mamlakatga kirayotgan barcha teplovizorlar yordamida tekshirilmoqda. Xitoydan kelayotgan fuqarolar tibbiy izolyatorlarga karantinga jo‘natilmoqda.
Avvalroq Qirg‘izistonning Xitoy bilan chegarasi qo‘shni davlatda yangi yil nishonlanishi sababli 23 yanvardan 1 fevralgacha yopilgan edi. Shuningdek, Xitoydan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari importi va go‘sht hamda go‘sht mahsulotlari olib kirilishi to‘xtatilgandi.
Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, hozirda Xitoyda Qirg‘izistonning 4,6 mingga yaqin, jumladan Uxanda 14 fuqarosi qolmoqda.
Mavzuga oid
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
22:15 / 09.06.2026
Xitoyda ilk marta odamga cho‘chqaning ikkita buyragi va jigari muvaffaqiyatli ko‘chirib o‘tkazildi
21:33 / 09.06.2026
Xitoyning o‘nlab kompaniyalari Pentagonning qora ro‘yxatiga kiritildi
20:27 / 09.06.2026