Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkmaniston koronavirus sababli Xitoyga reyslarni to‘xtatdi
Turkmaniston yangi koronavirus sababli Xitoyga parvozlarni to‘xtatgan davlatlar qatoridan joy oldi.
Rasmiy Ashxobod koronavirus epidemiyasi sababli 1 fevraldan Xitoy poytaxti Pekinga parvozlarni to‘xtatishga qaror qildi. Bu haqda “Turkmaniston havo yo‘llari” agentligi ma'lum qildi.
Xabarda ta'kidlanishicha, virusning tarqalishi oldini olish maqsadida “Turkmaniston” aviakompaniyasi Xitoy poytaxtiga reyslarni vaqtinchalik bajarmaydi.
“Turkmaniston” aviakompaniyasi yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi, biroq yo‘lovchilarimiz va ekipajlar a'zolari xavfsizligi biz uchun ustuvor hisoblanadi”, deyilgan xabarda.
“Turkmaniston havo yo‘llari” reyslar qayta yo‘lga qo‘yilishi haqida oldindan ma'lum qilishga va'da bergan.
Ta'kidlanishicha, aviakompaniya Pekinga haftasiga ikkita reys amalga oshiradi.
Avvalroq O‘zbekistondan Xitoyga va Xitoydan O‘zbekistonga aviaparvozlar vaqtinchalik to‘xtatilgani ma'lum qilingandi. O‘zbekiston fuqarolarining Xitoydan evakuatsiya qilinishi uchun charter reyslar tashkillashtiriladi.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Pekinda virusdan kasallanganlar soni 156 nafarga yetdi. Xitoy bo‘yicha virusdan vafot etganlar soni 259 nafarni, kasallanganlar 11,7 mingdan ko‘proqni tashkil qilmoqda.
Mavzuga oid
20:57 / 02.07.2026
Pekindagi osmono‘par binoga urilgan samolyot uchuvchisi ruhiy kasal bo‘lgani aytildi
17:41 / 30.06.2026
Qoshg‘ar: O‘zbek mahallalarini eslatuvchi qadimiy shahar
18:38 / 26.06.2026
Pekindagi eng baland binoga yengil motorli samolyot urildi
20:44 / 24.06.2026