12:34 / 02.02.2020
4
11441

Andijon gaz konlari ikki yil orasida hududni yuz foiz ta'minlaydi: «O‘zbekneftgaz» AJ press-turidan fotoreportaj

"O‘zbekneftgaz"AJ tomonidan 29-31 yanvar kunlari Andijon viloyatidagi neft-gaz obektlariga press-tur tashkillashtirildi.

OAV vakillari tadbirning birinchi kuni Farg‘ona viloyat Chimyon shaharchasida “Neft-gaz  muzeyi” bilan tanishdilar. Ikkinchi kun esa jurnalistlar uchun taassurotlarga boy o‘tdi. Ular bevosita neft va gaz quduqlarida burg‘ulash ishlari qanday olib borilishini kuzatdilar.

 Buloqboshi tumani Uchtepa neft va gaz konlarida bo‘lib, gaz qazib olinish jarayoni bilan tanishishdi. Andijon viloyatida gaz qazib olish ilk bor 2017-yilda Buloqboshidagi Uchtepa koni 3-quduqdan sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan gaz olinishidan boshlangan. Shundan so‘ng Uchtepa konida qidiruv ishlari davom ettirildi va konni o‘zlashtirishga kirishildi. Buning natijasida yana oltita quduqlar burg‘ulandi va 3,4,5,7 va 1 Yura quduqlaridan aholi iste'moli uchun gaz qazib olina boshlandi.

  2019 yilning oktabr-dekabr oylarida yana uchta 5, 12 va 13 quduqlar ishga tushirildi. Jumladan, 2019 yilning 28 oktabr kuni “Andijonneft” AJ tomonidan Uchtepa konidagi 12 quduqni burg‘ilash natijasida kuniga 150-200 ming metr kub dastlabki debit bilan dastlabki gaz oqimi olindi. Oldin qazilgan yettita quduqdan kuniga dastlabki debit bilan  385 ming metr kub sanoat gazi olinayotgan edi.  

  “Bugungi kunda “Andijonneft” AJ tomonidan yuqorida sanab o‘tilgan quduqlardan kuniga 600 metr kub gaz qazib olinmoqda. Fevral oyining oxiriga qadar Uchtepa konida yana ikkita quduq ishga tushirilib, gaz qazib olish hajmi 600 metr kubdan 1 mln metr kubga yetkazishga erishiladi.  Andijon aholisining bir kunda gazga bo‘lgan ehtiyoji qish mavsumida 5 million metr kub atrofida. Bugungi kunda «Andijonneft» AJ tomonidan 600-650 ming metr kub gaz qazib chiqarilmoqda va to‘lig‘icha aholiga yetkazib berilyapti. Mavjud va kutilayotgan gaz qazib olish hajmini shu tahlit o‘sishda davom ettirsak, yaqin ikki yilda viloyat aholisining gazga bo‘lgan ehtiyojini o‘zimizdagi gaz konlarida qazib chiqariladigan gaz evaziga to‘liq qoplash imkoniyatiga ega bo‘lamiz”, deydi “Andijonneft” AJ boshqaruv raisi Jaloliddin Bekmurodov

Elmurod Ermatov, Andijon

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top