2018 yilning sentabr oyida prezident auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirişga doir qarorni imzolagan edi. Uşbu hujjatda nazarda tutilgan çora-tadbirlar bosqiçma-bosqiç amalga oşiriladi (2019 va 2020 yillardan), sababi buning uçun jumladan qonunlarga tuzatişlar tayyorlaş va qonunosti hujjatlarini işlab çiqiş lozim edi.
Norma’ning yozişiça, uning bandlaridan biri bilan 2020 yil 1 yanvardan boşlab hisobot yili yakuni böyiça quyidagi şartlardan bir vaqtning özida ikkitasiga javob bergan tijorat taşkilotlari ham har yili majburiy auditorlik tekşiruvidan ötişi lozim:
aktivlarning balans qiymati BHMning 100 000 barobar miqdoridan ortiq bölsa;
mahsulotlarni (işlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilişdan tuşum BHMning 200 ming barobar miqdoridan ortiq bölsa;
xodimlarning örtaça yillik soni 100 kişidan ortiq bölsa.
Biroq qonun hujjatlariga kiritilgan tuzatişlar prezident qarorining yuqorida körsatilgan normalaridan qator jihatlari bilan farq qiladi:
birinçidan, faqat bitta mezon - aktivlarning balans qiymati belgilangan. Har yili majburiy auditorlik tekşiruvidan ötkaziş uçun u BHMning 100 ming barobar miqdoridan, ya'ni 22 300,0 mln sömdan ortiq bölişi kerak. Tuşum va xodimlarning örtaça yillik soni bu holatda inobatga olinmaydi.
ikkinçidan, tuzatişlar qarordan kelib çiqqanidek tijorat taşkilotlarining barçasiga ham emas, balki faqat mas'uliyati çeklangan hamda qöşimça mas'uliyatli jamiyatlarga taalluqli. Aksiyadorlik jamiyatlari, kredit va suğurta taşkilotlari, investitsiya fondlari, birjalar, davlatga tegişli uluşga ega sub'yektlar va DUKlarni ham esdan çiqarmaslik kerak (“Auditorlik faoliyati töğrisida”gi Qonunning 10-moddasi);
uçinçidan, özgartirişlar 1 yanvardan emas, balki 2020 yilning 24 martidan amalga kiritiladi (tuzatişlar e'lon qilingandan e'tiboran uç oy ötgaç).
Aksiyadorlik jamiyatlariga doir yangiliklar ham mavjud. Endi mustaqil taşqi auditorlik taşkilotlari AJ sof aktivlari qiymatining 10 foizi va undan köpini taşkil etadigan ularning yirik bitimlari va affillangan şaxs bilan bitimlari şartlarini örganadilar. Bunda baholaş taşkiloti tomonidan aniqlangan mol-mulkning bozor qiymati inobatga olinadi. Auditsiz bunday bitimlarni tuziş töğrisida qaror qabul qiliş mumkin emas. “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qiliş töğrisida”gi Qonunga tegişli qöşimçalar 23 yanvardan kuçga kirdi.

















