Qayd etilişiça, mamlakatda inson huquqlari sohasida amaldagi holatni örganiş, demokratik islohotlarni yanada çuqurlaştirişga, jamiyat va davlatni barqaror rivojlantirişga tösqinlik qiluvçi inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilişni ta'minlaş sohasida muammo va kamçiliklar borligini körsatmoqda.
Birinçidan, inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlarni bajariş böyiça davlat organlari örtasida muvofiqlaştiriş va özaro hamkorlik yetarli emas, davlat organlari faoliyatining institutsiyaviy asoslari va prinsiplarining zamonaviy talablarga mos emasligi mazkur majburiyatlar sifatli bajarilişini ta'minlaşga imkon bermayapti.
Ikkinçidan, parlament, davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlarining inson huquqlari sohasidagi faoliyati tizimli va özaro hamkorlikda amalga oşirilmayapti. Inson huquqlari sohasida Özbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarini lozim darajada bajariş ustidan samarali parlament va jamoatçilik nazoratini ta'minlaş böyiça qonunçilik va huquqni qöllaş amaliyotini takomillaştiriş zarur.
Uçinçidan, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini oliş sohasidagi islohotlarni yangi bosqiçga kötariş zarur. Huquqbuzarliklar profilaktikasi va oldini oliş böyiça idoralararo faoliyat va samarali özaro hamkorlikni, şuningdek, davlat hokimiyati va boşqaruvi organlarining inson huquqlari sohasidagi faoliyatini huquqiy jihatdan tartibga solişni tubdan takomillaştiriş talab etiladi. Tizimda jamoat tartibini saqlaş, jinoyatlarga qarşi kuraşiş va davlat xizmatlarini körsatiş faoliyatiga doir aniq mezonlar belgilanmagan.
Törtinçidan, sudlar va huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan inson huquqlari böyiça xalqaro şartnomalar normalarini qöllaş amaliyoti yölga qöyilmagan, ozodlikdan mahrum etiş joylarida saqlanayotgan şaxslarning inson huquqlariga rioya etilişini monitoring qilişning samarali tizimi mavjud emas hamda şartnomaviy qömitalarining individual xabarlarni körib çiqiş yuzasidan qarorlarini bajarişning mexanizmi işlab çiqilmagan.
Beşinçidan, jamiyat va davlatning barqaror rivojlanişiga tösqinlik qiluvçi, insonning şaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlari va erkinliklarini ta'minlaş sohasida qator muammolar hali ham saqlanib qolmoqda. Xususan, mamlakatda uzoq vaqtdan beri yaşab kelayotgan, lekin Özbekiston fuqarosi degan huquqiy maqomga ega böla olmayotgan minglab yurtdoşlarimizning ana şu muammosini qonuniy hal etiş böyiça taşkiliy-huquqiy çoralar haligaça töliq hal etilmagan. Propiska tizimi tufayli fuqarolarning erkin köçib yurişi bilan boğliq konstitutsiyaviy huquqlari töliq ta'minlab berilmayapti. Mulkdorlarning konstitutsiyaviy huquqlari, davlat muhofazasida bölgan xususiy mulkning daxlsizligining kafolatlarini kuçaytiriş, mansabdor şaxslarning bunday huquqbuzarliklar uçun javobgarligini oşiriş talab etiladi.
Oltinçidan, inson huquqlariga oid ta'lim va tarbiya, davlat xizmatçilarini inson huquqlari böyiça xalqaro majburiyatlar böyiça tayyorlaş va malakasini oşiriş sohasida tizimli va özaro boğliq iş faoliyati yölga qöyilmagan. Bu esa, öz navbatida, jamiyatda inson huquqlari va erkinliklariga nisbatan hurmat hissini şakllanişiga tösqinlik qilmoqda, inson huquqlarini himoya qilişning xalqaro va mintaqaviy mexanizmlari tavsiyalarini bajarilişiga salbiy ta'sir körsatmoqda.
Bildirilişiça, körsatib ötilgan kamçiliklar, nafaqat mamlakatni barqaror rivojlanişiga, balki investitsiyalarni jalb qilinişiga, iqtisodiyotni hamda davlat va jamiyat hayotining boşqa sohalarini ösişiga ham tösqinlik qilmoqda.











