Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qishloq xo‘jaligi yerlarini ikkilamchi ijaraga berishning huquqiy asoslari yaratiladi
Foydalanishdan chiqib ketgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan hamda o‘rmon fondi yer uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berish va buning hisobidan daromad olish qonuniylashtiriladi
Qonunchilik palatasi Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Mazkur qonun loyihasida qator qonunlarga qishloq xo‘jaligi yerlarini ikkilamchi ijaraga berish bilan bog‘liq normalar kiritilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining “Ijara to‘g‘risida”gi, “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi, “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi, “O‘rmon to‘g‘risida”gi, “Yaylovlar to‘g‘risida”gi Qonunlariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksiga bir qator o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilmoqda.
Ushbu qonun loyihasi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining qishloq xo‘jaligi va o‘rmon fondi yerlaridan foydalanish bilan bog‘liq munosabatlarini huquqiy tartibga solishga qaratilgani bilan ahamiyatli. Bu foydalanishdan chiqib ketgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan hamda o‘rmon fondi yer uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berish va buning hisobidan daromad olish qonuniylashtirilishini anglatadi.
Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Abdurahim Qurbonovning aytishicha, ushbu qonun loyihasining qabul qilinishi bilan qishloq xo‘jaligida foydalanishdan chiqib ketgan sug‘oriladigan yerlar, lalmi va o‘rmon fondi yerlari, yaylov, bo‘z, ko‘p yillik daraxtzorlar investitsiyaviy shartnoma yoki davlat-xususiy sheriklik asosida foydalanishga kiritish hisobiga investitsiyalar hajmi keskin oshishi kutilmoqda. Bu, o‘z navbatida, foydalanishga kiritilgan yerlar hisobidan oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi ko‘payishiga yordam beradi. Ayni paytda qishloq aholisining bandligini ta'minlash, daromad olish imkonini kengaytirishda muhim omil bo‘ladi. Shu bilan birga, mavjud qishloq xo‘jaligi va o‘rmon fondi yerlaridan maqsadli va samarali foydalanish ta'minlanadi.
Mavzuga oid
10:45 / 10.06.2026
Ayrim shaharlarda harbiy xizmatchilar uchun ijara kompensatsiyasi oshiriladi
08:30 / 02.06.2026
Suv fondi yerlarini ijaraga berishning yangi tartibi joriy etildi
15:43 / 19.05.2026
Ayrim qarzlar notarius orqali undiriladi
08:44 / 18.05.2026