Jahon | 14:56 / 04.02.2020
10040
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada kasalxonaga yotqizilgan uch nafar o‘zbekistonlikda koronavirus aniqlanmadi

Rossiyaning Nijnevartovsk shahrida (Xanti-Mansiysk avtonom okrugi - Yugra) kasalxonaga yotqizilgan uch nafar o‘zbekistonlikda koronavirus borligi tasdiqlanmadi. Bu haqda TASS Rospotrebnadzorning hududiy bo‘limiga tayangan holda xabar bermoqda.

Foto: REUTERS/Maxim Shemetov

Hozirgi vaqtda Rossiyada infeksiyaning tasdiqlangan ikkita holati aniqlangan - Baykalorti o‘lkasi va Tyumen oblastida Xitoy fuqarolari orasida. Tyumenga kasallangan xitoylik talaba qiz bilan bir samolyotda kelgan o‘zbekistonlik ishchilar koronavirus mavjudligini tekshirish maqsadida Nijnevartovskdagi kasalxonaga yotqizilgandi.

«Ha, O‘zbekiston fuqarolari o‘rtasida o‘tkazilgan tahlil natijalari keldi. Bu koronavirus emas - gripp yoki O‘RI. Bizda boshqa ma'lumotlar yo‘q», - dedi agentlik suhbatdoshi.

O‘z navbatida, Rospotrebnadzorning mintaqaviy boshqarmasidan TASS’ga xabar berishlaricha, Yugrada koronavirus tufayli 31 kishi tibbiy nazorat ostida turibdi. «Ulardan tahlillar olinmoqda, tadqiqotlar o‘tkazilmoqda. Ularning sog‘lig‘i yaxshi holatda», - deya aytib o‘tgan suhbatdosh.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid