Koronavirusga çalingan xitoylik talaba 28 yanvarda şifokorlarga murojaat qilgan. U şu zahoti kasalxonaga yotqizilgan. Bungaça Rossiyada koronavirusga çaliniş böyiça ikkita holat qayd etilgandi.

"Özbekiston fuqarolari koronavirusga çalinişda gumonlanayotgani yöq. Ular şunçaki bemor talaba bilan muloqotda bölgan. Ular Yugrada işlaşadi, u yerda tibbiy kuzatuv örnatiş imkoni yöq. Şu bois ular Nijnevartovskda kasalxonaga joylaştirilgan. Ularning holati qoniqarli", - dedi Kudryavseva.

Kudryavsevaning sözlariga köra, hozirda laboratoriya tekşiruvi natijasini kutişmoqda.

Sönggi ma'lumotlarga köra, Xitoyda yangi koronavirusdan bir kun içida 57 kişi vafot etdi. Şu tariqa, epidemiya boşlangandan beri uning qurbonlari soni 361 nafarga yetdi, kasallanganlar esa yana 2829 kişiga köpayib, 17205 nafarni taşkil qilmoqda.