Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
To‘rtta yo‘nalishda bazaviy oliy ta'lim muassasalari belgilandi
O‘zbekiston Milliy universiteti matematika va biologiya, Toshkent davlat texnika universiteti geologiya, Samarqand davlat universiteti kimyo yo‘nalishi bo‘yicha bazaviy oliy ta'lim muassasalari etib belgilandi
Foto: KUN.UZ
2020 yil 4 fevral kuni oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri Inomjon Majidov raisligida OTM rektorlari, Kasb-hunar ta'limi hududiy boshqarma boshliqlari, akademik litsey direktorlari ishtirokida videoselektor o‘tkazildi.
Vazirlik xabariga ko‘ra, yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti tomonidan 31 yanvar kuni davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasida o‘tkazilgan uchrashuvda belgilab berilgan vazifalar ijrosi muhokama qilindi.
Mazkur yo‘nalishda respublikadagi oliy ta'lim muassasalarini ilmiy metodik ta'minlash uchun 4 ta yo‘nalish bo‘yicha bazaviy OTM belgilandi.
Xususan, O‘zbekiston Milliy universiteti matematika va biologiya, Toshkent davlat texnika universiteti geologiya, Samarqand davlat universiteti kimyo yo‘nalishi bo‘yicha bazaviy oliy ta'lim muassasalari etib belgilandi.
Mazkur OTMga amalda qo‘llanilayotgan darsliklarni tahlil qilgan holda, keyingi o‘quv yili uchun yangi adabiyotlarni yaratish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Shuningdek, bazaviy ta'lim muassasalarining mas'ul kafedralari tomonidan yil davomida ilmiy metodik seminarlar tashkil etiladi.
Mavzuga oid
20:59 / 22.08.2025
Oliygoh va litseylarda darslar qachon boshlanishi ma’lum qilindi
18:02 / 17.04.2024
Xususiy oliy ta’lim: tijoriy manfaat va sifatli ta’lim muvozanati qanday topiladi?
08:09 / 16.11.2020
Bitiruvchilarning OTMga kirish ko‘rsatkichlari bo‘yicha eng katta o‘sish ikki viloyatda qayd etildi
00:18 / 16.11.2020