Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada ikkita qor ko‘chkisi vaqtida 38 kishi halok bo‘ldi
Turkiyaning Van viloyati Baxchisaroy okrugida ikki kunda ikkita qor ko‘chkisi oqibatida 38 kishi halok bo‘ldi.
Bu haqda Hurriyet nashri xabar berdi.
4 fevralda yuz bergan birinchi qor ko‘chkisi ostida yo‘lovchilar olib ketayotgan mikroavtobus va qor kurovchi qolib ketgan. Qor ostidan 5 kishi jonsiz holda, 7 kishi tirik topilgan.

5 fevraldagi ikkinchi qor ko‘chkisi birinchi ko‘chki yuz bergan joyda ikki kishini izlayotgan qidiruv-qutqaruv guruhini bosib qolgan. Oqibatda 33 kishi halok bo‘lgan, 53 kishi jarohat olgan. Jabrlanuvchilar orasida Van viloyatining qidiruv xizmati rahbari Osman O‘jar va Turkiya prezidentining maslahatchisi Gulsen O‘rxan, halok bo‘lganlar orasida politsiyachilar, o‘t o‘chiruvchilar va oddiy fuqarolar bo‘lgan.

Mutasaddi shaxslarning ta'kidlashicha, qurbonlar soni oshishi mumkin. Fojia joyiga qo‘shimcha qutqaruv kuchlari jo‘natilgan.
Mavzuga oid
18:17 / 15.06.2026
Turkiyaning zilziladan jabrlangan Hatay viloyatida O‘zbekiston mahallasi ochildi
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026
D guruhi tanishtiruvi. Mezbon AQSh kimlar bilan o‘ynaydi?
22:23 / 08.06.2026