Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vazir o‘rinbosari: «Qishloq xo‘jaligi vazirligi klaster va fermerlar uchun faqat servis tashkilot vazifasini bajarishi kerak»
Toshkent shahridagi Kongress-xollda Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda Qishloq xo‘jaligi, Suv xo‘jaligi vazirliklari hamda O‘zLiDeP va Ekopartiya vakillari ishtirok etmoqda.
Foto: Xalqaro press-klub
Qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari Bahodir Xoliqov so‘zlariga ko‘ra, Qishloq xo‘jaligi vazirligi klaster va fermerlar uchun faqat servis tashkilot vazifasini bajarishi kerak.
“Qishloq xo‘jaligi vazirligi klaster va fermerlar uchun faqat servis tashkilot vazifasini bajarishi kerak.
Respublikamiz bo‘ylab 4 million 300 ming gektar sug‘oriladigan yerlar bor. 2023 yil oxiriga kelib bu yerlarning 3 million 200 ming gektari klasterlar tomonidan egallanadi.
Respublikamiz bo‘ylab faqat meva-sabzavot yetishtiradigan tuman yoki hudud yo‘q. Balki, g‘alla va meva-sabzavot yetishtiradigan yoki faqat paxta va meva-sabzavot yetishtiradigan tumanlar bor. Misol uchun, Toshkent viloyatining Zangiota tumani, Qashqadaryo va Andijonda ham shunday tumanlar bor”, - deydi qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari.
Suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Hamroyevning tadbirda ma'lum qilishicha, joriy yilda 250 ming gektar yerda suvni tejovchi texnologiyalar qishloq xo‘jaligini sug‘orish ishlarida ishlatiladi.
Mavzuga oid
22:47 / 14.01.2026
Ko‘p kvartirali uy-joylarni boshqarishning klaster tizimi joriy etiladi
16:52 / 02.01.2026
Ertangi kun texnologiyasi – bugun. Super zamonaviy 5-avlod issiqxonasiga sayohat
09:42 / 31.12.2025
“Korxona–oliygoh–ilmiy tashkilot” klaster tizimi joriy etiladi
08:50 / 25.12.2025