Yanvar oyida jahon bo‘ylab oziq-ovqat narxlari oshdi
FAO oziq-ovqat narxlari indeksi hisobotiga ko‘ra, eng ko‘p sotiladigan va sotib olinadigan mahsulotlar narxlari so‘nggi to‘rt oy ichida ko‘tarilishda davom etdi
Jahon bo‘ylab oziq-ovqat narxlari yanvar oyida ko‘tarildi. Bu so‘nggi to‘rt oy davomida oziq-ovqat narxlarning uzluksiz ko‘tarilishidir.
FAO oziq-ovqat narxlari indeksi oy davomida o‘rtacha 182,5 punktni tashkil etib, dekabr oyiga nisbatan 0,7 foiz va o‘tgan yilning yanvar oyiga nisbatan 11,3 foizga ko‘tarildi.
Har oy davomida kuzatilib boradigan jahon oziq-ovqat narxlar indeksining oshishiga o‘simlik yog‘lari, shakar va bug‘doy narxlarining ko‘tarilishi asosiy omil bo‘ldi.
Oy davomida palma, soya, kungaboqar va kolza yog‘larining narxi ko‘tarilgani ortidan FAO o‘simlik yog‘i narxlari indeksi 7.0 foizga o‘sib, so‘nggi uch yillikdagi eng yuqori ko‘rsatgichni tashkil etdi. Biroq. savdo-sotiqdagi noaniqliklar, koronavirus tarqalishi xavfi hamda Hindiston va Malayziya o‘rtasidagi savdo tarangligi o‘simlik yog‘i narxlariga yanvar oyining ikkinchi yarmida ta'sir etib, biroz pasayishiga olib keldi.
Bir qator yirik shakar eksport qiluvchi mamlakatlarda ishlab chiqarish miqdori ancha past bo‘lishi prognozi sababli FAO shakar narxlari indeksi 5,5 foizga o‘sdi. Braziliya valutasining doimiy zaifligi, neft xom-ashyosi narxining pasayishi ortidan etanol tayyorlash uchun shakarqamishga bo‘lgan talab jahon bozorida shakar narxining ko‘tarilishiga olib keldi.
Dekabr oyidan boshlab ba'zi davlatlarning bug‘doy, makkajo‘xori va guruchga bo‘lgan talabi oshishi hamda sotib olishning tez sur'atlarda o‘sishi FAO boshoqli ekinlar narxlari indeksini 2,9 foizga oshirdi.
FAO sut mahsulotlari narxlari indeksi yanvar oyida 0,9 foizga o‘sdi, bu sariyog‘, pishloq va yog‘sizlantirilgan sut kukuniga bo‘lgan kuchli talab tufayli yuzaga keldi.
Bundan farqli o‘laroq, FAO go‘sht narxlari indeksi, 11 oylik maksimal o‘sishdan keyin yanvar oyida 4 foizga pasaydi. Bunga Xitoy va Uzoq Sharq mamlakatlaridan mahsulot sotib olishning kamayishi, shuningdek cho‘chqa va qoramol go‘shtining katta eksport imkoniyatlari mavjudligi asosiy sabab bo‘ldi.
2020 yilda don mahsulotlari ko‘rsatkichi rekord darajada qayd etilishi mumkin
Shuningdek, FAO 2020 yilda dunyoda don yetishtirish bo‘yicha yangi prognozini e'lon qildi. Yangilangan ma'lumotga ko‘ra, don ekinlari hosili yangi rekord ko‘rsatkich – 2 715 million tonnani tashkil etadi va o‘tgan yilga nisbatan 2,3 foizga oshadi.
Bugun e'lon qilingan yangi don mahsulotlari va talablari to‘g‘risidagi qisqacha ma'lumotdan, yaqinda boshlanadigan janubiy yarimsharda 2019 yilgi dag‘al don hosilining «aralash» istiqbollarini qayd etilgan. Qulay yog‘ingarchilik, ko‘proq ekilgan maydonlar, ichki narxlarning yuqoriligi va eksportning katta istiqbollari tufayli Argentina makkajo‘xori hosilidan foyda ko‘rishi kutilmoqda. Soya hosilining sekin sur'ati qo‘shni Braziliyada makkajo‘xori ekilishning kechikishiga olib keldi.
Shimoliy yarimsharda esa, kutilmagan yomg‘ir tufayli Yevropaning Fransiya va Buyuk Britaniya davlatlarida kuzgi bug‘doy maydonlarining kamayishi kutilmoqda. Ukraina va Amerika Qo‘shma Shtatlarida kuzgi don ekish shartnomasi imzolanishi nazarda tutilgan. Bundan farqli o‘laroq, Rossiya Federatsiyasida keskin pasayishlar kutilmoqda, rasmiy hisob-kitoblarga ko‘ra, Hindiston va Pokistonda kuzgi bug‘doy rekord darajada ekilgan.
FAO 2019-2020 yillarda dunyoda dondan foydalanish prognozini o‘tgan yilga nisbatan 1,2 foizga oshirib, 2 714 million tonna qilib belgiladi. Ushbu raqam asosan AQShning ozuqa uchun ishlatiladigan makkajo‘xori hisob-kitoblari bilan bog‘liq rasmiy tuzatishlarni aks ettiradi.
Butunjahon don zaxiralari 2020 yil mavsumining oxiriga kelib, 863,3 million tonnani tashkil qilishi kutilmoqda, bu ularning kutilgan taklif miqdoridan bir oz past bo‘lgan ko‘rsatgich. Dunyo bo‘yicha don zaxiralarini iste'mol qilish koeffitsiyenti tarixiy standartlar bo‘yicha qulay bo‘lgan 30,9 foiz darajasida prognoz qilinmoqda.
2019-2020 yillarda don mahsulotlarining jahon savdosi 2,3 foizga o‘sib, 420,2 million tonnagacha ko‘tarilishi kutilmoqda, bu Yevropa Ittifoqi va Ukrainadan Osiyoga bug‘doy yetkazib berish hajmining oshishi bilan rekord darajadagi ikkinchi yuqori ko‘rsatkichdir.
Mavzuga oid
13:41 / 02.11.2024
Toshkent viloyatida bolalar uchun berilgan oziq-ovqatni bog‘chadan olib ketayotgan mudira ushlandi
17:13 / 01.11.2024
Prezident bozorlarda narxlarni barqarorlashtirish bo‘yicha tezkor choralar ko‘rishni buyurdi
10:59 / 20.10.2024
JSST salomatlik uchun xavfli bo‘lgan 5 turdagi oziq-ovqatlar ro‘yxatini e’lon qildi
11:40 / 18.10.2024