Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda fuqaroni 95 000 000 so‘mga «uxlatgan» shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Samarqand viloyatida transformator olib kelib berishni va'da qilib 95 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Illyustrativ foto
2019 yil 12 dekabr kuni 49 yoshli fuqaro A.S. Samarqand shahridagi MChJ shaklidagi qo‘shma korxona rahbari bo‘lmish 52 yoshli A.T.ga o‘zini transformator o‘rnatish bilan shug‘ullanishini aytgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, u korxonaning yangi qurilgan binosiga 630 kVt elektr tokini yetkazib beruvchi transformator qutisini olib kelib, yangi transformator 95.000.000 so‘m turishini va Toshkent shahridagi zavoddan olib kelib berishini va'da qilib, A.T.ning ishonchiga kirib, undan 95.000.000 so‘m pullarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.
Mazkur holat yuzasidan A.T.ning 03.02.2020 yildagi arizasiga asosan Jomboy tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda, deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid
15:54 / 25.05.2026
«HUMO VIZA» markazi rahbari va ish boshqaruvchisi qamoqqa olindi
11:20 / 25.05.2026
Maqsad pulni aylantirish(mi?) – samarqandcha "xorijda ish" sxemasidan odamlar jabrlanmoqda
10:59 / 20.05.2026
Namanganda atrofi ochiq holatda turgan transformator ustiga chiqqan bola tok urib vafot etdi
11:33 / 16.05.2026