Sirdaryoda ko‘p miqdorda giyohvandlik vositasi saqlagan shaxs aniqlandi
Sirdaryo shahrida yashovchi fuqaroning xonadonidan ko‘p miqdorda giyohvandlik vositasi aniqlandi
2020 yilning 24 yanvar kuni taxminan soat 16:30larda Sirdaryo viloyati IIB va Transportda XTB JQB xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, uning davomida Sirdaryo shahrida yashovchi fuqaro 37 yoshli V.B.ning xonadoni ko‘zdan kechirilganda:
mehmonxonadagi shkafdan 2 dona oq rangli polietilen paketga va bir dona kichik hajmdagi shisha idishga solingan qovurilgan nam holatdagi o‘ziga xos hidga ega bo‘lgan sof og‘irligi 157,01 gr. “maslo kannabisa” giyohvandlik vositasi;
oshxonadagi stol ustidan sariq rangli sochiqqa o‘ralgan quruq holatdagi yashil rangli sof og‘irligi 319,08 gr. bo‘lgan “marixuana” giyohvandlik vositasi;
eski kir yuvish mashinasi tagidan qora rangli polietilen paketga o‘ralgan quruq holatdagi yashil rangli sof og‘irligi 60 gr. “marixuana” giyohvandlik vositasi;
bundan tashqari, 7 litrlik qozon ichida qovurilgan o‘ziga xos hidga ega bo‘lgan 27,28 gr. “maslo kannabisa” giyohvandlik vositasi borligi aniqlanib, xolislar ishtirokida ashyoviy dalil tariqasida hujjatlashtirilib olingan.
Mazkur holat yuzasidan V.B.,ga nisbatan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
08:30 / 04.11.2024
DXX Toshkent viloyatida giyohvandlik vositalari noqonuniy aylanmasiga chek qo‘ydi
13:30 / 09.10.2024
Giyohvandlik vositalari ustidan nazorat qilish davlat komissiyasi vakolatlari belgilandi
11:50 / 09.10.2024
Toshkentda giyohvandlik vositalarini yashirish yo‘li bilan tarqatish holatlari fosh etildi
14:30 / 05.10.2024