Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda ikkita yangi yo‘l belgisi o‘rnatildi
Toshkentning turli joylarida ikkita yangi yo‘l belgisi o‘rnatildi. Ulardan biri piyodalar uchun mo‘ljallangan.
Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, ko‘plab qoidabuzarliklar piyodalar tomonidan amalga oshirilishi aniqlandi. Ular tomondan yo‘l harakati xavfsizligiga rioya qilmaslik oqibatida yo‘l-transport hodisalarining aksariyati yuz beradi.
Jumladan, piyodalar avtomobil yo‘lini ular uchun maxsus ajratilgan yo‘lak orqali emas, balki belgilanmagan joylardan kesib o‘tishadi. Buning oldini olish va piyodalarni yana bir marta ogoh bo‘lishga chaqirish maqsadida Toshkent shahar Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi piyodalar uchun yangi taqiqlovchi belgini (3.10. Piyodalarning harakatlanishi taqiqlangan) o‘rnatdi.
Ushbu belgi Mirzo-Ulug‘bek tumani Sultoniya ko‘chasidagi yer osti yo‘lagi hamda Yunusobod dehqon bozoridagi yer osti yo‘lagi yonida va Shayxontohur tumanidagi Beruniy va Saqchisimon ko‘chalari kesishmasida (Chorsu bozori ro‘parasida) o‘rnatildi.
Ta'kidlanishicha, piyodalar tomonidan qoidalar tez-tez buziluvchi bu joylarda ushbu belgilarni o‘rnatishdan maqsad yo‘l-transport hodisalari sonini kamaytirish va fuqarolar xavfsizligini ta'minlashdan iborat.
Shuningdek, Yunusobod tumanidagi Amir Temur va Osiyo ko‘chalari kesishmasida ogohlantiruvchi 1.32 “Tirbandlik” yo‘l belgisi o‘rnatildi.
Ushbu belgi vaqtinchalik yoki chorrahalar oldida o‘rnatilgan o‘zgaruvchi tasvirli belgilarda, tirbandlik yuzaga kelgan hududni chetlab o‘tish imkoniyati bor joyda qo‘llaniladi.
Ushbu belgi yordamida haydovchilar oldinda tirbandlik borligidan ogohlantiriladi. O‘z manziliga shoshayotgan haydovchilar bu belgini ko‘rgach yo‘llarini boshqa yo‘l orqali davom ettirishlari mumkin bo‘ladi.
Mavzuga oid
17:49 / 08.01.2026
Sirdaryoda tadbirkorlar mulki sud qarorisiz buzilmoqda. Shikoyatchilar bilan IIB “shug‘ullanyapti”
14:55 / 01.01.2026
Sirdaryo va Jizzaxda YHX patrul avtomobillari piyodalarni urib yubordi. Bir kishi vafot etdi
09:00 / 28.12.2025
2026 yilgi rejalar, yangi gaz koni va budjetning yopiq muhokamasi - hafta dayjesti
08:41 / 24.12.2025