Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp: AQSh «Al-Qoida»ning Arabiston yarimorolidagi yetakchisini o‘ldirdi
«Al-Qoida» terrorchilik tashkilotining Arabiston yarimorolidagi guruhi (AQAP) yetakchisi Qosim ar-Rimiy AQSh harbiylari Yamanda o‘tkazgan aksilterror amaliyot natijasida o‘ldirilgan. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp ma'lum qildi.
«Ar-Rimiy boshchilik qilgan davrda AQAP Yamandagi tinch aholiga qarshi qonli terrorchilik harakatlari uyushtirilgan, shuningdek, u bir necha bor amerikalik harbiylarga hujum uyushtirishga uringan.
Uning o‘limi guruhni va «Al-Qoida»ni yanada kuchsizlantiradi. Bu esa bizning milliy xavfsizligimizga bo‘lgan jiddiy tahdid bartaraf etilishi demakdir», degan prezident. U amaliyot qachon o‘tkazilganini aniq aytmagan.
CNN telekanali ma'lumotiga ko‘ra, AQSh harbiylarining uchuvchisiz uchar qurilmasi 31 yanvar kuni Marib shahri yaqinida jangarilar pozitsiyasiga zarba bergan. Qosim ar-Rimiy bilan uning o‘rinbosari Ayman az-Zavahiriy ham o‘ldirilgan.
Qosim ar-Rimiy «Al-Qoida»ga 1990-yillarda qo‘shilgan. AQSh AQAP guruhini «Al-Qoida»ning eng xavfli tarmog‘i deb hisoblar edi.
Bundan avvalroq «Al-Qoida» Floridadagi harbiy bazaga uyushtirilgan hujum bo‘yicha mas'uliyatni o‘z zimmasiga olgandi. Ko‘ngilsiz hodisa 2019 yilning dekabrida sodir bo‘lgan: saudiyalik harbiylar dengizchilarga qarata o‘t ochgan, uch kishi halok bo‘lgan, yana sakkiz kishi jarohat olgan edi.
Mavzuga oid
17:56 / 06.01.2026
Husiylar, Saudiya va BAA uchburchagi: Yamanda nimalar bo‘lyapti?
18:01 / 30.12.2025
Saudiya Yamanga zarba berdi. Nishon – ayirmachi guruhlarni qo‘llash uchun BAAdan yuborilgan qurollar bo‘lgan
11:49 / 14.11.2025
Malida jangarilar tiktokchi qizni qatl etdi. Mamlakat poytaxti xavf ostida
14:40 / 11.09.2025