Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston dorivor moddalarni ro‘yxatdan o‘tkazishga qo‘yiladigan talablarni soddalashtiradi
O‘zbekistonda dorivor moddalarni ro‘yxatdan o‘tkazishga qo‘yiladigan talablar soddalashtiriladi.
Bu haqda 2020-2024 yillarda O‘zbekiston Respublikasining farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish konsepsiyasini 2020 yilda amalga oshirish chora-tadbirlari dasturida aytilgan.
Qayd etilishicha, ilg‘or xalqaro tajriba va amaliyotni hisobga olgan holda dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish masalalari bo‘yicha milliy qonunchilikni takomillashtirish, shu jumladan dorivor moddalarni ro‘yxatdan o‘tkazishga qo‘yiladigan talablarni soddalashtirish, shuningdek, xorijiy ishlab chiqaruvchilarni inspeksiya qilish amaliyoti joriy etiladi.
Bu borada Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi ishlab chiqiladi. Amalga oshirish muddati - 2020 yil 1 aprel. Mas'ul ijrochilar - Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shodmonov), Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi (Qoriyev), Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi (Izomov), manfaatdor vazirlik va idoralar.
Shuningdek, mahalliy va xorijda ishlab chiqarilgan dori vositalariga referent narx shakllantirish tizimini joriy qilish doirasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish rejalashtirilmoqda.
Mavzuga oid
23:36 / 29.04.2026
AQShda «opium epidemiyasi»ga sabab bo‘lgan farmatsevtika kompaniyasi yopiladi
08:31 / 07.04.2026
O‘zbekiston va Pokiston yuqori texnologiyali dori ishlab chiqarishi mumkin
18:01 / 05.03.2026
Prezident O‘zbekistondagi farmatsevtika korxonalari uchun yangi imkoniyatlarni e’lon qildi
11:02 / 03.03.2026