Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ozarboyjonda navbatdan tashqari parlament saylovlari bo‘lib o‘tmoqda
Ozarboyjonda soat 8dan navbatdan tashqari parlament saylovlarida ovoz berish uchun saylov uchastkalari o‘z ishini boshladi.
5 mlndan ko‘proq fuqaro 125 ta saylov uchastkasida ovoz beradi. Parlamentdagi 125 o‘ringa 1,3 mingdan ko‘proq nomzod da'vogarlik qilmoqda, bu 2010 va 2015 yillardagi parlament saylovlaridan deyarli ikki marta ko‘proqni tashkil qiladi.
Ozarboyjon qonunchiligiga ko‘ra, saylovlardagi ishtirokning quyi chegarasi belgilanmagan, shu sababli ular istalgan vaziyatda bo‘lib o‘tgan deb topiladi.
65 mingdan ko‘proq mahalliy va 850 dan ko‘proq xalqaro kuzatuvchilar saylovlar borishini kuzatib borishadi. Saylovda Ozarboyjondagi barcha 19 ta partiya, jumladan hukmron “Yangi Ozarboyjon” ishtirok etmoqda.
Xorijda ovoz berish ko‘zda tutilmagan. Respublika markaziy saylov komissiyasi saylovlarning dastlabki natijalarini 9 fevral yarimtundayoq e'lon qilishni rejalashtirgan.
Mavzuga oid
22:08 / 18.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Bokuda Ilhom Aliyev bilan uchrashdi
20:25 / 17.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjonga jo‘nab ketdi
12:06 / 17.05.2026
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Ozarboyjonga boradi
11:53 / 14.05.2026