Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tailanddagi savdo markazi binosidan o‘nlab odamlarni o‘ldirgan askar ham, garovdagilar ham topilmadi
Xizmatdoshlarining aytishlaricha, u harbiylar orasida o‘tkazilgan musobaqalarda eng yaxshi mergan deb topilgan. Txomma harbiy qismdan o‘zi bilan birga o‘nlab o‘qotar qurollar va o‘q-dorilarni olib ketgani aytilmoqda.
Tailand maxsus xizmati Terminal 21 savdo markazining asosiy binosidagi barcha to‘rtta qavatni tekshirib chiqdi va 20 kishini otib o‘ldirgan askarni ham, garovdagilarni ham topolmadi. Bu haqda «Kxaosot» gazetasi xabar bermoqda.
Savdo markazi binosi bir necha qismdan iborat.
Avvalroq Nakxonratchasima shahrida o‘ndan ortiq kishini otib o‘ldirgan askar Jakrapant Txomma savdo markaziga yashirinib olgani va 16 kishini garovga olgani xabar qilingandi.
Ma'lumot berilishicha, Txomma dastlab harbiy qismda o‘z komandiri va ikki kishini otib tashlagan, so‘ngra u yerdagi harbiy mashinaga o‘tirib qochib ketgan. U Muang rayonidagi «Terminal-21» savdo markaziga yo‘l olgan va u yerga yetib borguncha yo‘lida uchragan o‘tkinchilarni o‘qqa tutgan. Avvalroq qurbonlar soni 12 nafar ekanligi aytilgandi. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, otishma natijasida 20 kishi halok bo‘lgan, 31 kishi jarohatlangan.
U savdo markazidagi harakatlarini Facebook orqali jonli tarzda namoyish etgan. Oradan bir oz vaqt o‘tib uning sahifasi bloklangan.
Xizmatdoshlarining aytishlaricha, u harbiylar orasida o‘tkazilgan musobaqalarda eng yaxshi mergan deb topilgan. Txomma harbiy qismdan o‘zi bilan birga o‘nlab o‘qotar qurollar va o‘q-dorilarni olib ketgani aytilmoqda.
Mavzuga oid
19:02 / 24.05.2026
Tailandga 60 kunlik vizasiz kirish tartibi bekor qilindi
12:40 / 24.05.2026
Oq uy atrofida otishma chiqdi
09:41 / 23.05.2026
O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga ko‘proq bormoqda?
18:26 / 20.05.2026