Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya Xitoy ortidan kuzatish uchun orbitaga razvedkachi sun'iy yo‘ldosh uchirdi
Yaponiya 9 fevralda yuqori sifatli kameraga ega Optical 7 sun'iy yo‘ldoshini orbitaga uchirdi. Ta'kidlanishicha, qurilma Xitoy ortidan kuzatish uchun mo‘ljallangan.
Foto: Motoki Nagasawa
Sun'iy yo‘ldosh Kagosima prefekturasidagi Tanegasima kosmodromidan H-2A raketa-tashuvchisi yordamida orbitaga uchirilgan. Bu haqda qurilmani ishlab chiqqan Mitsubishi Heavy Industries kompaniyasi ma'lum qildi.
Sun'iy yo‘ldosh dastlab 27 yanvarda uchirilishi kerak bo‘lgan, ammo yomon ob-havo sharoiti va raketa-tashuvchining azot bilan ta'minlovchi tizimidagi muammo sababli 2 marta qoldirilgan.
Sun'iy yo‘ldosh yuqori sifatli kamera bilan jihozlangan hamda yomon ob-havo sharoiti va tunda ham Yer sirtini suratga oladi. Qurilmani ishlab chiqish 30 mlrd iyenga (274 mln dollar) aylangan. Sun'iy yo‘ldosh haqida boshqa ma'lumot yo‘q, chunki uning ishi milliy xavfsizlik bilan bog‘langan.
Xususan, qurilma Xitoy bilan bog‘liq razvedka ma'lumotlarini to‘plash uchun mo‘ljallangan. Shu bilan birga, uni tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etishda qo‘llash ham mo‘ljallangan.
Sun'iy yo‘ldosh Yaponiya mudofaa vazirligi tomonidan boshqariladi. Yaponiyada bunday turdagi qurilma oxirgi marta 2018 yil yozida uchirilgan.
Ayni vaqtda orbitada Yaponiyaning turli imkoniyatlarga ega 7 ta razvedka sun'iy yo‘ldoshi harakatlanadi. Ulardan bir qismigina yomon ob-havoda ma'lumotlar uzata oladi.
Yaponiya yaqin yillarda razvedkachi sun'iy yo‘ldoshlari sonini 10 taga yetkazishni mo‘ljallamoqda. Bu Yer sirtini ko‘proq suratga olish imkonini beradi.
Mavzuga oid
21:06 / 26.01.2026
Yaponlar pandalar bilan xayrlashmoqda – o‘zaro munosabatlar yomonlashgani tufayli Xitoy ularni qaytarib olmoqda
14:44 / 23.01.2026
O‘zbekistonlik haydovchilar uchun Yaponiyada oyiga kamida 2 ming dollar maosh taklif etilmoqda
11:47 / 21.01.2026
Sindzo Abeni otib o‘ldirgan shaxs umrbod qamoqqa hukm qilindi
15:57 / 20.01.2026