Jahon | 18:43 / 09.02.2020
9832
2 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyada karantinda saqlanayotgan kruiz laynerida koronavirusga chalinganlar soni 70 nafarga yetdi

Laynerdagi yo‘lovchilarning jami soni 3700 kishiga yaqin - 2700 yo‘lovchi va kema ekipajining mingga yaqin a'zosi. Kema yana ikki haftaga yaqin vaqt davomida karantinda bo‘ladi.

Foto: Du Xiaoyi / Xinhua / Global Look Press

Yaponiyaning Yokohama shahri portida karantinga olingan Diamond Princess kruiz laynerida 2019-nCoV koronavirusiga chalingan yana olti kishi aniqlandi. Bu haqda Asahi telekanali xabar bermoqda.

Telekanalning sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib xabar qilishicha, 9 fevralda 57 kishi tekshiruvdan o‘tkazilgan bo‘lib, ularning olti nafarida virus borligi aniqlangan.

Shu tarzda, kruiz laynerida koronavirusga chalinganlar soni 70 nafarga yetdi. Ulardan yetti nafari ahvoli yomonlashgani sababli kasalxonaga yotqizilgan.

Laynerdagi yo‘lovchilarning jami soni 3700 kishiga yaqin - 2700 yo‘lovchi va kema ekipajining mingga yaqin a'zosi. Kema yana ikki haftaga yaqin vaqt davomida karantinda bo‘ladi.

Ushbu kema 20 yanvar kuni Yokogama shahridan Kagosima-Hongkong-Okinava yo‘nalishi bo‘yicha ikki haftalik kruizga jo‘nagan. Sayohat 4 fevralda tugashi kerak bo‘lgan. 

Biroq 20 yanvar kuni kemaga chiqib, 5 kun o‘tgach Hongkongda qirg‘oqqa tushgan yo‘lovchilardan biri, hongkonglik 80 yoshli pensionerda virus aniqlangach, bortdagilarning barchasini yoppasiga tekshirish boshlandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid