O‘zbekiston | 12:00 / 11.02.2020
1479
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston delegatsiyasi ShHT Milliy koordinatorlari kengashi yig‘ilishida ishtirok etadi

ShHTning 2020 yildagi asosiy tadbirlar rejasini kelishish va tasdiqlash kutilmoqda

2020 yilning 11-14 fevral kunlari O‘zbekiston delegatsiyasi Moskva shahrida bo‘lib o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar Milliy koordinatorlari kengashining (ShHT MKK) yig‘ilishida ishtirok etadi.

TIV xabariga ko‘ra, yig‘ilish kun tartibidan tashkilot faoliyatining joriy masalalari hamda Sankt-Peterburg shahridagi bo‘lajak ShHT Sammitida qabul qilinishi rejalashtirilayotgan hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqish o‘rin olgan.

ShHTning 2020 yildagi asosiy tadbirlar rejasini kelishish va tasdiqlash kutilmoqda, deyiladi ma'lumotda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid