Jamiyat | 10:08 / 11.02.2020
16099
2 daqiqa o‘qiladi

Parkentda og‘zaki tortishuv fojiali yakun topdi 

Toshkent viloyati Parkent tumanida ayol kishi va erkak kishi o‘rtasidagi og‘zaki tortishuv fojiali yakun topdi

2020 yil 4 fevral kuni taxminan soat 22:00larda Parkent tumanida 28 yoshli M.Sh. (ayol) ishdan qaytayotib, ko‘cha boshida o‘ziga notanish bo‘lgan 22 yoshli A.T. bilan o‘rtalarida kelib chiqqan o‘zaro kelishmovchilik natijasida yonidagi ochilib yopiladigan pichoq bilan A.T.ning chap tomon ko‘krak sohasiga bir marotaba urib tan jarohati yetkazgan va hodisa joyidan yashiringan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabarida aytilishicha, natijada A.T. shifoxonada ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan M.Sh.ga nisbatan Parkent tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (odam o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Mavzuga oid