O‘zbekiston | 14:00 / 12.02.2020
6684
1 daqiqa o‘qiladi

6ta shaharda texnopark tashkil etiladi

Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (IT - park)ning hududini kengaytirish va yangi infratuzilma obektlarini qurish ko‘zda tutilmoqda

Harakatlar strategiyasini “Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasi e'lon qilindi.

2020 yil 1 iyunga qadar normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi. Loyihada:

Nukus, Buxoro, Namangan, Samarqand, Guliston va Urganch shaharlarida texnopark tashkil etish;

dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish va axborot xizmatlarini rivojlantirish uchun texnoparkning infratuzilmasi va zamonaviy imkoniyatlarini kengaytirish;

bu yo‘nalishdagi tadbirkorlik sub'yektlariga qo‘shimcha qulayliklar yaratish nazarda tutiladi.

Ijro uchun mas'ullar - Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Qurilish vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, tegishli mahalliy davlat hokimiyati organlari.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid