O‘zbekiston ichki bozorda iste'mol tovarlari narxlari barqarorligini ta'minlamoqchi
Ichki bozorda iste'mol tovarlari narxlarning barqarorligini ta'minlash, inflatsiya darajasini 2020 yil uchun belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlar doirasida saqlab qolish uchun tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilgan
O‘zbekistonda narxlar barqarorligini ta'minlash borasidagi qabul qilingan chora-tadbirlar dasturi amalga oshiriladi. Bu haqda 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasida aytilgan.
Qayd etilishicha, yil davomida amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqiladi. Bunda:
narxlar barqarorligini ta'minlash borasidagi qabul qilingan chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish;
meva-sabzavot, chorvachilik va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish hajmini ko‘paytirish parametrlari hamda “daladan do‘kongacha” bo‘lgan uzluksiz yetkazib berish zanjirini yaratishni rag‘batlantirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar;
iste'mol tovarlari bo‘yicha yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan taqchillikni oldindan aniqlash;
monetar va nomonetar omillarning ichki narxlar barqarorligiga ta'sirining oldini olish;
muvofiqlashtirilgan monetar-fiskal va monopoliyaga qarshi siyosat yuritish;
iqtisodiyotga ajratilgan kreditlar qoldig‘i o‘sishini YaIM nominal o‘sish darajasida, davlat budjeti xarajatlari va umumiy fiskal balansning qonunda belgilangan parametrlar doirasida bo‘lishini ta'minlash nazarda tutiladi.
Ijro uchun mas'ullar - Vazirlar Mahkamasi, Markaziy bank, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, Transport vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zbekoziqovqatxolding” XK, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik va idoralar.
Mavzuga oid
07:31 / 12.11.2024
Oktyabrda ayrim avtomobillar narxi biroz pasaydi
15:24 / 07.11.2024
Birjaga chiqarilayotgan propanning boshlang‘ich narxiga nisbatan cheklov o‘rnatildi
13:10 / 02.11.2024
Oktyabrda 1 porsiya osh narxi qancha bo‘lgani aytildi
15:40 / 30.10.2024