Jamiyat | 22:30 / 12.02.2020
10031
1 daqiqa o‘qiladi

Urganchda koronavirusga qarshi maxsus taktika mashqlari o‘tkazildi

Xorazm viloyati markazi Urganch shahridagi xalqaro aeroportda yangi turdagi koronavirus infeksiyasining viloyat hududiga kirib kelishi va tarqalishining oldini olishga qaratilgan ko‘rgazmali maxsus taktika o‘quv mashqlari o‘tkazildi.

Bu haqda Xorazm viloyati Favqulodda Vaziyatlar boshqarmasi (FVB) xabar beradi.

Foto: Favqulodda Vaziyatlar boshqarmasi
Foto: Favqulodda Vaziyatlar boshqarmasi
Foto: Favqulodda Vaziyatlar boshqarmasi

Mashqlarda FVB, IIB, Bojxona boshqarmasi, Chegara qo‘shinlari, O‘zbekiston milliy gvardiyasi Xorazm viloyati boshqarmasi, Sanitariya epidemiologiya osoyishtalik markazi, Davlat chegarasi va transportdagi veterinariya nazorat boshqarmasi, hamda Favkulodda vaziyatlar davlat quyi tizimi xizmatlarining bunday voqea-hodisalarga qay darajada shayligi ko‘zdan kechirildi.

Foto: Favqulodda Vaziyatlar boshqarmasi
Foto: Favqulodda Vaziyatlar boshqarmasi
Foto: Favqulodda Vaziyatlar boshqarmasi
Foto: Favqulodda Vaziyatlar boshqarmasi

Mashqlar yakunida koronavirus haqida tushuncha, karantin va o‘ta xavfli yuqumli kasalliklarning chetdan kirib kelishi, epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar va ularning profilaktikasi kabi mavzularda davra suhbati o‘tkazildi.

Mavzuga oid