Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Orolbo‘yi hududida «Oroldagi bog‘im» agro va ekoturizm loyihasi amalga oshiriladi
Davlat rahbarining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markazining faoliyati samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Qayd etilishicha, prezident huzuridagi Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markazi tomonidan:
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanida 20,3 gektar maydonda “Mo‘ynoq” tajriba-sinov maydoni, Nukus tumanida 20 gektar maydonda “Samanbay” tajriba-sinov maydoni tashkil etilgan;
sho‘rlanish va qurg‘oqchilikka chidamli cho‘l va manzarali o‘simliklar genofondi shakllantirilib, unga kiritilgan 13 turdagi o‘simlik dunyosi obektlari sinovdan o‘tkazilmoqda.
Xalqaro innovatsiya markazi va Innovatsion rivojlanish vazirligining Orol dengizi qurishi oqibatlarini bartaraf etish hamda sayyohlar sonini ko‘paytirishga qaratilgan “Mu garden in the Aral Sea’' (“Oroldagi bog‘im”) agro va ekoturizm loyihasini amalga oshirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berildi.
Orolbo‘yi hududida ilmiy-tadqiqot va amaliy ishlarni olib borish, shuningdek, o‘simlik va hayvonot dunyosini rivojlantirish bo‘yicha innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun ko‘rgazmali tajriba-sinov maydonlarini tashkil etish maqsadida Xalqaro innovatsiya markazining ehtiyojlariga muvofiq ravishda ushbu markazga ikki oy muddatda doimiy foydalanish huquqi asosida:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi - Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududidagi zaxira yer maydonlari hamda Orol dengizining qurigan tubidagi hududdan;
O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi hamda Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi - Orolbo‘yi hududidagi o‘rmon fondi yerlaridan yer maydonlari ajratilishini ta'minlaydi.
Belgilab qo‘yilishicha:
Xalqaro innovatsiya markazining bino va inshootlarini saqlash, shuningdek, xodimlar mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha xarajatlar 2020 yil 1 yanvardan Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi hamda shu munosabat bilan ushbu xarajatlarni Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish to‘xtatiladi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumani “Mo‘ynoq” tajriba-sinov maydonida ma'muriy va ishlab chiqarish binolarini qurish, shuningdek, Nukus tumani “Samanbay” tajriba-sinov maydonida laboratoriya binosi va xostel qurish hamda ushbu hududni obodonlashtirish bo‘yicha xarajatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, tijorat banklari kreditlari va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi;
Xalqaro innovatsiya markazining ilmiy laboratoriyalarini zamonaviy uskunalar bilan jihozlash, shu bilan birga zarur sarflanadigan materiallar va butlovchi buyumlar bilan uzluksiz ravishda ta'minlash, shuningdek, “Mu garden in the Aral Sea” (“Oroldagi bog‘im”) agro va ekoturizm loyihasini amalga oshirish bo‘yicha xarajatlar Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
Xalqaro innovatsiya markazi direktoriga, zarur hollarda, prezident Administratsiyasi hamda Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan kelishilgan holda Xalqaro innovatsiya markazining ijro apparati tuzilmasiga Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan qo‘shimcha shtat birliklarini kiritish huquqi berildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Transport vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Nukus shahar Markaziy bozoridan Nukus tumanidagi Xalqaro innovatsiya markazi hududigacha bo‘lgan yo‘nalishda muntazam jamoat transporti qatnovi tashkil etilishini ta'minlaydi.
Mavzuga oid
11:22 / 11.05.2026
Orolqumda 2 mln gektarlik o‘rmon yaratiladi
22:09 / 22.04.2026
Shavkat Mirziyoyev 2027–2029 yillarda Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi prezidenti etib saylandi
20:19 / 22.04.2026
Shavkat Mirziyoyev Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ta’sischi davlatlari kengashida ishtirok etdi
21:45 / 20.04.2026