Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida Damas’ni olib qochib, YPX mashinasi bilan to‘qnashgan yigitlar ushlandi
Toshkent viloyatida ikki nafar yosh yigit Damas avtomashinasini olib qochdi
Foto: Tergov departamenti
2020 yil 6 fevral kuni soat 10:00 dan 17.00 ga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida, noma'lum shaxs fuqaro 31 yoshli S.X.ga tegishli Damas rusumli avtomashinani Toshkent viloyati Olmaliq shahar Oltin zamin ko‘chasidagi uylarning yonidan olib qochib ketgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Olmaliq shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida mazkur jinoyatni voyaga yetmagan 16 yoshli B.G. va 17 yoshli Yo.T. sodir etganliklari aniqlanib, olib qochilgan avtomashinani Ohangaron tumani hududida boshqarib ketayotganlarida, YPX xodimining to‘xtash ishorasiga rioya qilmasdan harakatni davom ettirib, haydovchining malakasi yetarli bo‘lmaganligi sababli YPX avtomashinasi bilan to‘qnashib ketib, olib qochilgan avtomashina yo‘lining chetidagi ariqqa tushib ketishi natijasida to‘xtagan.
Jinoyat ishi bo‘yicha B.G. va Yo.T. protsessual tartibda ushlangan. Dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.
Mavzuga oid
19:10 / 09.04.2026
Yasama jinoyat sudda “sindi”: baxmallik Sanjarning holiga maymunlar yig‘lardi, agar...
09:04 / 23.03.2026
Olmaliqdagi 3-mis boyitish fabrikasi dunyodagi yirik korxonalar qatoridan joy oldi
21:49 / 18.03.2026
“Shahzod -Gold” uch yarim yilga ozodlikdan mahrum qilindi
14:34 / 16.03.2026