Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Atom energiyasi obektlari uchun sifatni ta'minlash dasturlariga qo‘yiladigan talablar tasdiqlanadi
Atom energiyasidan foydalanish obektlari uchun sifatni ta'minlash dasturlariga qo‘yiladigan talablar tasdiqlanadi
“Atom energiyasidan foydalanish obektlari uchun sifatni ta'minlash dasturlariga qo‘yiladigan talablarni tasdiqlash haqida”gi hujjat loyihasi muhokama uchun e'lon qilindi.
Atom energiyasidan foydalanish obektlari uchun sifatni ta'minlash dasturlari quyidagilarga bo‘linadi:
atom energiyasidan foydalanish obektlari «hayot» davrining barcha bosqichlarida uning xavfsizligiga ta'sir ko‘rsatuvchi barcha bajariladigan ishlar va ko‘rsatiladigan xizmatlarga taalluqli bo‘lgan umumiy sifatni ta'minlash dasturlariga;
atom energiyasidan foydalanish obektlari «hayot» davrining alohida bosqichida va (yoki) atom energiyasidan foydalanish sohasida litsenziyalanadigan faoliyatni amalga oshirishda atom energiyasidan foydalanish obektlari xavfsizligiga ta'sir qiluvchi faoliyatni amalga oshiradigan tashkilotlarning xususiy sifatni ta'minlash dasturlariga.
Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot:
umumiy sifatni ta'minlash dasturlarini ishlab chiqishni tashkillashtirishni, tasdiqlashni, amalga kiritishni, bajarishni, ularning bajarilishini tekshirishni va bajarilish natijadorligini baholashni;
ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot uchun ishlarni bajaruvchi va xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarning sifatni ta'minlash dasturlarini kelishishni, ularni bajarilishi ustidan nazoratni va bajarish natijadorligini baholashni amalga oshirishi kerak.
Atom energiyasidan foydalanish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilot:
o‘zining xususiy sifatni ta'minlash dasturini ishlab chiqilishini tashkil etishni, uni tasdiqlashni, amalga kiritishni, bajarishni, bajarilishi ustidan nazoratni va bajarish natijadorligini baholashni;
o‘zining pudratchi tashkilotlarining sifatni ta'minlash dasturlarini kelishishni, bajarilishi ustidan nazoratni va bajarish natijadorligini baholashni amalga oshirishi kerak.
Atom energiyasidan foydalanish sohasida faoliyat olib borilayotgan bir yoki bir nechta atom energiyasidan foydalanish obektlariga nisbatan atom energiyasidan foydalanish sohasida bir nechta faoliyat turi uchun bitta sifatni ta'minlash dasturi ishlab chiqilishi joizligi, shuningdek, atom energiyasidan foydalanish obektlariga yetkazib beriladigan bir qator mahsulotlarni loyihalash (konstruksiyalash) va (yoki) tayyorlashda yoki turli atom energiyasidan foydalanish obektlarida ishlarni bajarish (xizmatlar ko‘rsatish)da bitta xususiy sifatni ta'minlash dasturini ishlab chiqish joizligi tegishli sifatni ta'minlash dasturida asoslanishi lozim.
Sifatni ta'minlash dasturi atom energiyasidan foydalanish sohasidagi tegishli faoliyatni boshlashdan oldin tashkilotda tasdiqlanishi va amalga kiritilishi lozim.
Sifatni ta'minlash dasturi tarkibidagi sifatni ta'minlash bo‘yicha tashkiliy-texnik va boshqa chora-tadbirlar atom energiyasidan foydalanish obekti tizimlari (elementlari) va inshootlarining atom energiyasidan foydalanish sohasidagi normalar va qoidalarga muvofiq atom energiyasidan foydalanish obektlar xavfsizligiga ta'siri bo‘yicha tasnifini hisobga olgan holda tabaqalashtirilgan yondashuvga asoslangan bo‘lishi kerak.
Mavzuga oid
11:24 / 11.05.2026
“Kelajakni kvant kompyuterlarsiz tasavvur qilish qiyin” – MIT’ni maqsad qilgan farg‘onalik o‘quvchi
08:10 / 19.03.2026
Radioaktiv materiallarni tashishda xavfsizlik talablari ishlab chiqildi
14:24 / 11.03.2026
Yevrokomissiya rahbari: atom energiyasidan voz kechish - “strategik xato”
12:43 / 22.09.2025