Yevropa komissiyasi (YeK) raisi Ursula fon der Lyayyen Yevropaning energiya balansida atom energetikasi uluşi qisqarganidan afsusda ekanini bildirdi.
“Menimça, Yevropa uçun taşlamalar darajasi past bölgan işonçli va hamyonbop energiya manbaidan voz keçiş strategik xato böldi”, — dedi YeK rahbari 10 mart, seşanba kuni Parijda atom energetikasi böyiça konferensiya oçilişida. Agar 1990 yilda Yevropa mamlakatlari elektr energiyasining uçdan bir qismini atom energetikasidan olgan bölsa, bugungi kunda bu uluş atigi 15 foizni taşkil etmoqda.
Fon der Lyayyen import qilinadigan qazilma yonilğiga qaramlik Yevropani dunyoning boşqa mintaqalariga nisbatan noqulay ahvolga solib qöyayotganini ta’kidladi: “Qazilma yonilğiga kelsak, biz qimmat va beqaror importga töliq qarammiz”.
U AQŞ va Isroilning Eronga qarşi 10 kundan beri davom etayotgan uruşi bunday qaramlik bilan boğliq zaiflikni “yaqqol eslatib turgan holat” ekanini aytdi. Mintaqadagi harbiy harakatlar va Hörmuz böğozi orqali tankerlar ötişi tösib qöyilgani sababli jahon neft va gaz narxlari keskin kötarildi.
Parijdagi çiqişi davomida Ursula fon der Lyayyen 2030 yilga qadar butun YeI hududida kiçik modulli reaktorlar (KMR)ni joriy etiş va a’zo davlatlar örtasidagi me’yoriy hujjatlarni uyğunlaştiriş maqsadini e’lon qildi. An’anaviy reaktorlar taxminan 1000 megavatt (MVt) elektr energiyasi işlab çiqarsa, KMR atigi 300 MVt işlab çiqarişga qodir, ammo şu bilan birga arzonroq hisoblanadi. Bundan taşqari, ularni zavodlarda seriyali tarzda işlab çiqariş mumkin bölgani uçun bu kiçik reaktorlarni ança tezroq yaratiş mumkin böladi.
“Mantiq juda aniq. Joriy etiş xavfsiz bölganidan keyin, uni butun Yevropa böylab oson amalga oşiriş mumkin bölişi kerak”, — dedi YeK rahbari va Yevropa yadroviy energetikasidagi innovatsiyalarni qöllab-quvvatlaş uçun 200 million yevrolik jamğarma tuzilişini e’lon qildi.
Şu bilan birga, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron butun Yevropa böylab reaktorlar konstruksiyalarini standartlaştirişni taklif qildi — bu qadam sönggi yillarda şartnomalarni yöqotayotgan Fransiyaning davlatga qaraşli yadroviy giganti EDF uçun foydali bölişi mumkin.
“Atom energetikasi mustaqillikni — demak, energetik suverenitetni — dekarbonizatsiya va şu tariqa uglerod neytralligi bilan uyğunlaştirişning kalitidir”, — dedi u Parijdagi konferensiyada Ursula fon der Lyayyenning bayonotlarini qöllab-quvvatlar ekan.

















