O‘zbekiston | 11:44 / 14.02.2020
2503
11 daqiqa o‘qiladi

Ko‘p xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining funksiyalari aniq belgilanadi

O‘zbekistonda Ko‘p xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi qanday funksiyalarga ega ekani aniq belgilab qo‘yiladi

Foto: KUN.UZ

“O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi Ko‘p xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi va uning hududiy inspeksiyalari faoliyatini tashkil etish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi hujjat loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.

Qayd etilishicha, Inspeksiyani tashkil etishdan maqsad – iqtisodiyot sohasida korxona, muassasa, tashkilot va fuqarolarning uy-joy kommunal sohasida hamda shu soha bilan bog‘liq tarmoqlarda buzilgan yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarni himoya qilish, shu jumladan, iqtisodiyot sohasida qonunchilikni mustahkamlash va huquqbuzarliklarning oldini olishga ko‘maklashish hisoblanadi va quyidagilardan iborat bo‘ladi:

aholining uy-joy sharoitini yaxshilash, ko‘p xonadonli uylarda joylashgan xonadonlardagi muhandislik-kommunikatsiya tizimi va umumiy tarzda foydalaniladigan infratuzilmalarni o‘z vaqtida va sifatli ta'mirlash, shuningdek, ko‘p xonadonli uy-joy fondiga tutash hududlarni obodonlashtirish, u yerlarda bolalar va sport maydonchalarini barpo etishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish, ko‘p xonadonli uy-joy fondidan foydalanish va unga xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar faoliyatini tubdan takomillashtirish, uy-joy kommunal xo‘jaligini boshqarishning ta'sirchan vertikal tizimini yaratish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, uy-joy kommunal soha tashkilotlari, xususan, ta'mirlash-tiklash xizmatlarining moddiy-texnik bazasini yaratish;

ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun uy-joy mulkdorlari shirkatlari mablag‘lari, banklar kreditlari, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining uy-joy kommunal xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, xalqaro moliya institutlari kreditlari va boshqa mablag‘lardan to‘g‘ri, sifatli va oqilona foydalanishni nazorat qilish va bu borada yuqorida ko‘rsatilgan korxona va tashkilotlarga amaliy yordam ko‘rsatish.

Inspeksiya quyidagi funksiyalarga ega:

ko‘p xonadonli uy-joy mulkdorlari huquqlariga rioya etgan holda, qonunchilikda belgilangan shakl va usullardagi nazoratlarni amalga oshirish;

sifat standartlariga mos kelmaydigan uy-joy kommunal xizmatlar ko‘rsatishda fuqarolar huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilinishini ta'minlash;

ko‘p xonadonli uy-joy fondini boshqarish, jumladan muhandislik tarmoqlari, ko‘p xonadonli uylar uskunalaridan sifatli foydalanishni tizimli tekshirish yuzasidan nazorat qilish;

turar–joy binolari mulkdorlari va boshqaruv kompaniyalari, ta'mirlash tashkilotlari va kommunal xizmatlarni amalga oshiruvchi korxonalar o‘rtasidagi shartnomalar bo‘yicha majburiyatlar bajarilishini nazorat qilish;

hisobotlar, statistika ma'lumotlari, obektlardagi nazorat tekshiruv natijalarini va boshqa axborot materiallarini tahlil qilish;

hududiy inspeksiyalar ishini yaxshilash, uy-joy fondi va ko‘p xonadonli uylarda mulkdorlar umumiy mulkini boshqarish, ularni saqlash va foydalanish samaradorligini oshirish, ta'minlash va ta'mirlash ishlarini bajarishda aholi ishtirokini rag‘batlantirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;

inspeksiya xodimlarini tanlash, kasbga qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlarini amalga oshirish;

uy-joy fondi va ko‘p xonadonli uylarda binolar mulkdorlari umumiy mulkidan foydalanish, ta'mirlash va saqlash masalalarini tartibga soladigan me'yoriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish;

jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish, ko‘p xonadonli uylar binolari mulkdorlari va kommunal foydalanish tashkilotlarining ko‘p xonadonli uylardan foydalanish, kommunal xizmatlar va energiya manbalari sifati bo‘yicha murojaatlarni ko‘rib chiqish;

ko‘p xonadonli uylardagi binolar (kvartiralar) mulkdorlarining murojaatlari yuzasidan qabul qilingan choralar natijalari bo‘yicha hisobotlar mavjudligini tekshirish;

hududiy inspeksiyalarning ko‘p xonadonli uy-joy fondi va ko‘p xonadonli uylardagi binolar mulkdorlarining umumiy mulkidan foydalanish, ularni saqlab turish va ta'mirlashni nazorat qilish ishlarini muvofiqlashtirish va tashkil qilish;

ko‘p xonadonli uylardagi umumiy mulkni texnik jihatdan tekshirishni tashkil qilish;

ko‘p xonadonli uylardagi umumiy mulkni mukammal va joriy ta'mirlashning alohida turlarini o‘tkazish ro‘yxati, davrlari va navbatini belgilash;

qurilishi tugallangan ko‘p xonadonli uylarni, shuningdek, ko‘p xonadonli uy - joy fondi muhandislik uskunalarining texnik jihatdan tartibga solish sohasiga oid me'yoriy – huquqiy va normativ hujjatlar talablariga moslashtirish bo‘yicha rekonstruksiya qilingan tizimlarini foydalanishga qabul qiluvchi ishchi va davlat komissiyalari faoliyatida ishtirok etish;

ko‘p xonadonli uy-joy fondida muhandislik uskunalaridan xavfsiz foydalanish talablariga rioya etilishini nazorat qilish.

Hududiy inspeksiyalar quyidagi funksiyalarga ega:

ko‘p xonadonli uy-joy fondi, ko‘p xonadonli uylardagi binolar mulkdorlarining umumiy mulki va unga tutash hududlardan foydalanish;

ko‘p xonadonli uy-joy fondi, ko‘p xonadonli uylardagi binolar mulkdorlarining umumiy mulki va uning muhandislik uskunalarining texnik holatini, ularni amaldagi normativlar, texnik va loyiha hujjatlariga muvofiq saqlash va ta'mirlash ishlarini o‘z vaqtida bajarish;

 ko‘p xonadonli uy-joy fondi, ko‘p xonadonli uylardagi binolar mulkdorlarining umumiy mulki va unga tutash hududlardan mavsumiy foydalanishga tayyorlash tadbirlarini o‘tkazish;

ko‘p xonadonli uy-joy fondi, ko‘p xonadonli uylardagi binolar mulkdorlarining umumiy mulki va unga tutash hududlarda yoqilg‘i – energetika resurslari hamda suvdan oqilona foydalanish;

aholini kommunal xizmatlar (isitish, elektr, suv, gaz ta'minoti va boshqalar) bilan ta'minlashning me'yoriy darajasi va tartibiga rioya etish;

turar-joy binolari va ko‘p xonadonli uylarga tutash hududlardan foydalanish qoidalariga rioya etish;

turar-joylar va binolarni doimiy yashash uchun yaroqsiz deb e'tirof etish, ularni noturar joy toifasiga o‘tkazish tartibi va qoidalariga rioya etish;

davlat yoki munitsipal uy-joy kommunal xo‘jaligi obektlari mulkdorlari, xizmatlar, ishlab chiqaruvchilar va foydalanuvchilar o‘rtasida shartnomalar mavjudligi va ularning shartlariga rioya etish;

ko‘p xonadonli uylarga xizmat ko‘rsatish va ularni ta'mirlash tanlovlarini o‘tkazish;

aholi buyurtmalariga binoan uy-joy kommunal xizmatlarini bajarish;

ko‘p xonadonli uylarda energiya va suv resurslari sarfini boshqarish, nazorat qilish va hisobga olish priborlari mavjud bo‘lishi.

Inspeksiya faoliyatini tashkil etishda quyidagi huquqlarga ega:

davlat organlaridan va boshqa organlardan, tashkilotlardan hamda ularning mansabdor shaxslaridan, shu jumladan fuqarolardan zarur hujjatlar va ma'lumotlarni olish;

davlat organlariga va boshqa organlarga, tashkilotlarga va ularning mansabdor shaxslariga, shuningdek fuqarolarga bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish;

uy-joy mulkdorlari va undan foydalanuvchilar, uy-joy mulkdorlari shirkatlari va birlashmalari, boshqaruv kompaniyalari, ta'mirlash tashkilotlari hamda kommunal xizmatlarni amalga oshiruvchi boshqa korxonalarda tekshirishlarni o‘tkazish;

tekshirishlarda ishtirok etayotgan shaxslarga muayyan harakatlar (harakatsizliklar)ni amalga oshirish masalalari yuzasidan topshiriqlar berish;

uy-joy fondidan foydalanuvchilar, uy-joy mulkdorlari shirkatlari va birlashmalari, boshqaruv kompaniyalari, ta'mirlash tashkilotlari hamda kommunal xizmatlarni amalga oshiruvchi boshqa korxonalar egallab turgan yoki ularga qarashli bo‘lgan mol-mulk borligini tasdiqlovchi hujjatli ma'lumotlar mavjud bo‘lganda esa, boshqa shaxslar egallab turgan yoki ularga qarashli bo‘lgan joylarga va shu jumladan, turar joylarga va omborlarga kirish, zarur bo‘lgan hollarda joylar hamda omborlarni qonunda belgilangan tartibda majburan ochish va xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirish;

tekshirishlar amalga oshirilayotganda asos bo‘lgan hujjatdagi talablarda noaniqlik bo‘lgan taqdirda, hujjatni bergan sud yoki boshqa organga uni tushuntirib berishni so‘rab murojaat etish;

tekshiruvda ishtirok etuvchi shaxslarni chaqirish va ishga jalb etish;

tekshirish jarayonida aniqlangan zararlar, ortiqcha to‘lovlar, kamomad, penya va shu kabi to‘lovlarni undirish choralarini ko‘rish;

ko‘p xonadonli uy-joy fondlarida va unga tutash hududlarda o‘zboshimchalik bilan noqonuniy tarzda qurilgan deb e'tirof etilgan obektlarni, shu obektlarni o‘zboshimchalik bilan qurgan shaxslar hisobidan buzish choralarini ko‘rish;

tekshiriladigan obektga belgilangan tartibda borish;

odamlar hayoti va salomatligiga xavf soladigan nosoz texnik qurilmalardan ulardagi nosozliklar bartaraf etilmaguniga qadar taqiqlash, ishlab chiqarishni to‘xtatishga olib keladigan holatlar bundan mustasno;

uy-joylar mulkdorlari shirkatlariga va ko‘chmas mulk egalariga – ko‘p xonadonli uylar, ko‘p xonadonli uylar umumiy mulkini saqlash va ulardan foydalanish qoidalari, texnologik loyihalashtirish normalarining buzilishi holatlarini, foydalanishda xavfsizlikni pasaytiradigan uskunalarni tayyorlash va montaj qilishdagi kamchiliklarini bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berish;

uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi tashkilotlariga - tegishli kommunal xizmatlar ko‘rsatishda texnik tartibga solishga oid normativ hujjatlar talablariga rioya etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berish;

o‘tkazilgan tekshirish natijasida aniqlangan qonunbuzarliklarni bartaraf etishga doir ko‘rsatmalar talablari bajarilmagan hollarda ushbu talablarni majburiy bajarish to‘g‘risida yoki jismoniy yoxud yuridik shaxs faoliyatini qisman yoki to‘liq to‘xtatish yoxud taqiqlash da'vo arizasi tayyorlab taqdim etish;

ma'muriy huquqbuzarliklar haqidagi ishlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha protokollar tuzish;

tekshirish jarayonida aniqlangan qonunbuzilishi holatlari yuzasidan to‘plangan hujjatlarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etish;

tekshirish jarayonlarida aniqlangan tartibbuzarliklar bo‘yicha aybdor mansabdor shaxslar va xodimlarga nisbatan tegishli choralar ko‘rish haqidagi taqdimnomalarni mutasaddi korxona (idora, tashkilotlarga) kiritish;

sudlarda da'vogar va javobgar bo‘lish;

qonunchilikda ko‘zda tutilgan boshqa huquqlar.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid