O‘zbekiston | 11:41 / 14.02.2020
1957
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda «Salomatlikni mustahkamlashga ko‘maklashuvchi maktab» loyihasi amalga oshiriladi

Xalq ta'limi vazirligi, Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi va Sog‘liqni saqlash vazirligi hamkorligida respublikaning uchta hududida “Salomatlikni mustahkamlashga ko‘maklashuvchi maktab” loyihasi amalga oshiriladi

Loyihaning asosiy maqsadi salomatlikni mustahkamlashga ko‘maklashuvchi maktablar tarmog‘ini ko‘paytirish hamda o‘quvchilar sog‘lig‘ini yaxshilash orqali ta'lim sifatini oshirishdir. Shuningdek, o‘quvchilarda tibbiy ta'lim ko‘nikmalarini shakllantirib, maktabda sog‘lom muhitni yaratishdan iborat.

Loyiha prezidentning 2018 yil 7 dekabrdagi farmoni bilan tasdiqlangan “2019-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari dasturi”ga muvofiq amalga oshiriladi.

Joriy yilning 10-14 fevral kunlari 3ta hududda “Salomatlikni mustahkamlashga ko‘maklashuvchi maktab” loyihasi doirasida xalq ta'limi va sog‘liqni saqlash tizimlari hamda pilot maktablari xodimlari uchun Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Qozog‘istondagi maslahatchisi L.Utemisova ishtirokida seminarlar o‘tkazildi. 

Seminarlar Toshkent shahri, Chilonzor tumanidagi 163-umumta'lim maktabi va “Lider” nodavlat ta'lim tashkilotida, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahridagi 5-sonli hamda Rishton tumanidagi 20-umumta'lim maktablarida, Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahridagi 25-sonli va Dehqonobod tumanidagi 85-umumta'lim maktablarida tashkil etildi. 

O‘zbekiston pilot maktablari mutaxassislari uchun Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Qozog‘istondagi maslahatchisi L.Utemisova tomonidan mazkur loyihani amalga oshirish yo‘nalishlarini tanlash bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi, deyiladi XTV ma'lumotida.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid