Kolumbiya universiteti Ivy League (Ayvi liga) toifasiga kiradi. Bu özbek tilida «peçaklar ittifoqi» degan ma'noni bildirib, AQŞning eng nufuzli 8ta universitetidan iborat.
Tenure track pozitsiyasiga professor va professor assistenti işga olinadi, ular bilan tuziladigan mehnat şartnomasi universitet ma'muriyati tomonidan bekor qilinmaydi. Bunday şartnomaning asosiy maqsadi olim erkinligini ta'minlaş hisoblanadi.
Aziza Şanazarova örta asrlarda Markaziy Osiyoda genderlik tarixi va ayollar dindorligi mavzusida AQŞning Indiana – Blumington universitetida doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan. U ikki yönalişda — dinşunoslik va Markaziy Osiyo tarixi böyiça falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan.
Kun.uz muxbiri internet orqali olima bilan qisqa suhbat uyuştirdi.
— Assalomu alaykum, erişgan muvaffaqiyatlaringiz bilan tabriklayman! Kolumbiya universitetining ilk özbekistonlik professori böldingiz, şu haqda töliqroq ma'lumot bera olasizmi?
— Vaalaykum assalom, eşitgan ma'lumotingiz rost. Yaqinda Kolumbiya universitetida professorlik lavozimiga qabul qilindim.
AQŞ ilmiy tizimi biznikidan tubdan farq qiladi. U yerda professorlik lavozimi uçun bir yil oldin konkurs e'lon qilinadi. Bir örin uçun dunyo böylab 500 nafarga yaqin PhD bitiruvçilari va professor bölib işlayotganlar hujjat topşiradi.
Bu konkursning bir neça bosqiçlari bor. Şularning hammasidan ötgandan keyin professorlik lavozimiga taklif qilişadi. Kolumbiya universitetiga avgust oyidan dars berişni boşlayman.

Ötgan yili «Vatandoş» naşriga intervyu berganman









