Nyu-Yorkdagi Kolumbiya universiteti endi «diskriminatsiyaga qarşi qonunlarni buzganlik» va «antisemitizmga qarşi kuraşiş uçun yetarliça harakat qilmaganlik» uçun federal akkreditatsiya standartlariga javob bermaydi, dedi AQŞ Ta’lim vazirligi.

Vazirlik öz bayonotida universitet rahbariyatini kampusda yahudiy talabalarni ta’qib qiliş holatlariga yöl qöyganlikda va antisemitizm körinişlariga qarşi kuraşiş uçun yetarli çoralar körmaganlikda aybladi.

AQŞ ta’lim vaziri Linda Makmenning aytişiça, universitet 7 oktyabrdagi xurujlardan keyin «yahudiy talabalarga nisbatan ta’qiblarga qasddan e’tibor bermagan».

«Bu nafaqat axloqsizlik, balki noqonuniy», dedi Makmen.

Akkreditatsiya standartlari buzilgani sababli universitetga akkreditatsiyadan ötgan ta’lim muassasasi maqomini saqlab qoliş uçun aniqlangan muammolarni tuzatiş va federal qonunçilikka rioya qiliş muddati berildi.

Avvalroq, 30 yanvar kuni AQŞ prezidenti Donald Tramp antisemitizmga qarşi kuraş töğrisidagi farmonni imzolab, Falastinni qöllab-quvvatlovçi namoyişlarning boşqa iştirokçilari va çet ellik talabalarni deportatsiya qilişga va’da bergan edi.

Kolumbiya universitetining Manhettendagi asosiy kampusi AQŞning Isroilni qöllab-quvvatlaşi va Ğazodagi Isroil harbiy amaliyotlari tufayli yuzaga kelgan gumanitar inqirozga qarşi norozilik namoyişlari markazlaridan biriga aylandi.

Ötgan yili Falastin bilan birdamlik namoyişlari butun mamlakat böylab önlab universitetlarga tarqaldi, darslar bekor qilindi, ma’muriyatlar iste’foga çiqdi va namoyişçilar qölga olindi yoki töxtatildi.