Falastin tarafdorlari bölgan namoyişçilar 29 aprel kuni Hamilton-hollni egallaşdi va barrikada qurişdi — bu Kolumbiya universitetining asosan ma’muriy ofislar joylaşgan asosiy kampuslaridan biridir. Bino egallab olinişi tarixda uçinçi bor kuzatildi, bunday holat 1968 va 1985 yillardagi talabalar ğalayonlari vaqtida röy bergan. Namoyişçilar egallab olingan binoni 12 soat davomida uşlab turişgan, keyin esa politsiya reydi davomida bino ozod etilgan; 300 nafar atrofidagi kişi hibsga olingan. Bino egallab olingani tufayli universitet rahbariyati darslarni masofaviy formatga ötkazişga majbur bölgan.

Falastin tarafdorlarining namoyişlari boşqa nufuzli oliy ta’lim muassasalarining kampuslarida ham davom etmoqda: Los-Anjyelesdagi Kaliforniya universiteti, Texas universiteti, Çapel-Hilldagi Şimoliy Karolina universiteti va boşqalar. Associated Press naşri hisob-kitoblariga köra, namoyişlarning ikki haftasi davomida politsiya mingdan ortiq faollarni qölga olgan.

Namoyişçilarning Nyu Yorkdagi Kolumbiya​​​ universiteti kampusi hududida örnatgan lagerida 29 aprel kungi vaziyat
Victor J. Blue / The Washington Post / Getty Images
Universitetning 1907 yilda qurilgan va AQŞga asos solgan otalardan biri bölgan Aleksandr Hamilton şarafiga nomlangan ma’muriy binosi bölmiş Hamilton-hollga bostirib kirayotgan namoyişçilardan biri
Alex Kent / Getty Images
Nyu Yorkdagi Kolumbiya universiteti hududidagi Hamilton-holl balkonida «intifada» yozuvli banner
Selcuk Acar / Anadolu / Getty Images
Kolumbiya universiteti hududidagi Hamilton-holl binosi içkarisida barrikada örnatgan namoyişçilar. Hamilton-holl öz tarixida ikki bor şu kabi talabalar tölqini vaqtida ma’muriyat binosi egallab olinişini boşdan keçirgan. Xususan, bino 1968 yil aprelidagi namoyişlar çoğida egallab olingandi. Vaziyat 1985 yilda, talabalar JARdagi aparteid siyosatiga qarşi çiqişganida takrorlangandi
Alex Kent / Getty Images