Migrant.mobi huquqiy portali yuristi Botirjon Şermuhammad Kun.uz muxbiri bilan suhbatda Rossiyadagi mehnat migrantlari duç kelayotgan muammolar, Rossiya sud-huquq tizimida migrantlar masalalari qanday körib çiqilişiga doir fikrlarini bildirdi.

«Umuman olganda, Rossiyadagi muhojirlarning muammolari köp. Ularni huquqiy jihatdan eng himoyalanmagan qatlam desak ham böladi. Buning sabablari bir neçta:

  • tilni yaxşi bilmaslik;
  • huquqiy bilimlarining yetişmasligi;
  • ularga taqdim etiladigan davlat himoyaçilarining kamligi kabilar şular jumlasidan.

Aslida, Rossiyaning sud va qonunçilik tizimida muammo bor. Ya'ni rus fuqarolarining ham tuhmat yoki boşqa bir holatlar vositasida qamalib ketiş hollari uçrab turadi. Misol uçun, jurnalist Golunov voqeasini yodga oliş kifoya. Heç qanday aybi yöq jurnalistga narkotik moddalarni solib qöyişib, qamaşga urinişdi, faqatgina jamoatçilik va jurnalistlar talabi bilan qöyib yuborildi. Uning örnida oddiy odam bölganida qamalib ketişi mumkin edi.

Bunga öxşaş holatlar köp. Bunga asosiy sabab – Rossiya IIV tizimida sobiq ittifoqdan qolgan içki işlar xodimlari faoliyatini baholaş tizimi. Jinoyatçilikka oid statistika ma'lumotlarida, ötgan yilning şu davriga nisbatan şunçaga kamaydi, deyiladi.

Misol uçun, ötgan yilda 10ta odam öldiriş bilan boğliq jinoyat sodir etilgan bölsa, bu yil yakuni böyiça bu raqamni keskin kamaytiriş yoki köpaytirib yuboriş mumkin emas. Köpaysa, rahbariyatdan yaxşi işlamayotgani uçun tanbeh eşitadi, kamaysa, kelasi yilda bu jinoyat bilan boğliq raqam ortib ketsa, yana tanbeh eşitadi.

Şu bois, ular sun'iy ravişda jinoyatçilik bilan boğliq raqamlarni ötgan yildagidan yaxşiroq qilib, uşlab turişga harakat qilişadi. Masalan, 2019 yilda 5ta ma'lum bir jinoyat qayd etildi. 2018da 10ta edi. Yetmayotgan 2-3ta jinoyatni qayerdan oladi? Jinoyatçilikni sun'iy yaratadi, bunda eng qöl keladigani – migrantlardir. Ya'ni migrantlarning tilni bilmasligi, advokati yöqligidan foydalangan holda ayrim hujjatlarga imzo qöydiriş holatlari ança köp.