Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan bog‘liq faoliyat tartibga solinadi
Qonun loyihasining maqsadi kelgusida ishchi muhitni takomillashtirish, tadbirkorlik sub'yektlari uchun ko‘proq erkinlik va imkoniyatlar berish asosida yangi ish joylarini tashkil etishdan iborat
2020 yil 14 fevral kuni Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi majlisida O‘zbekiston Respublikasining “Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar to‘g‘risida”gi qonuni loyihasini birinchi o‘qishga tayyorlash yuzasidan ishchi guruhi yig‘ilishi o‘tkazildi. Unga qonun loyihasi tashabbuskori – Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi vakillari ham taklif etildi.
Qayd etilganidek, “Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar to‘g‘risida”gi qonuni loyihasi O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2019 yil 18 maydagi “O‘zbekiston Respublikasida zargarlik tarmog‘ini jadal rivojlantirish choralar to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida ishlab chiqilgan.
Loyihaning maqsadi kelgusida ishchi muhitni takomillashtirish, tadbirkorlik sub'yektlari uchun ko‘proq erkinlik va imkoniyatlar berish asosida yangi ish joylarini tashkil etishdan iboratdir. Unda qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar davlat egaligida bo‘lgani singari yuridik va jismoniy shaxslar egaligida ham bo‘lishi mumkinligi ko‘rsatib o‘tilgani bilan alohida ahamiyatga ega.
Qo‘mita majlisida deputatlar qonun loyihasidagi ba'zi kamchiliklarni tuzatish, loyihaga taalluqli barcha hujjatlar Qonunchilik palatasi reglamentiga muvofiq tayyorlangan bo‘lishi va to‘liq taqdim etilishi lozimligini qayd etib o‘tishdi. Bundan tashqari, loyihada sohada ishlatiladigan atama va asosiy tushunchalarning haddan tashqari ko‘p ishlatilgani, ayrim moddalarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlaydigan norma talabiga javob bermasligi tanqid qilindi.
Majlis yakunida qo‘mita a'zolari ushbu loyihaning qabul qilinishi qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni qazib olishda, mamlakatimizning zargarlik faoliyatni tartibga solishda asosiy hujjat bo‘lib xizmat qilishini alohida ta'kidlagan holda, uni palata majlisida birinchi o‘qish uchun deputatlar hukmiga havola etishga qaror qildilar.
Mavzuga oid
19:32 / 15.05.2026
“Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi
15:26 / 18.02.2026
Davlat bayrog‘ini namoyish etishda yagona talablar joriy etiladi
08:00 / 18.02.2026
Chiplardan sovitishgacha: sun’iy intellekt infratuzilmasini ushlab turgan resurslar
16:19 / 16.02.2026