Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polshada o‘zbekistonliklarga ishlash uchun ruxsatnoma olish tartibi soddalashtirilishi mumkin
Polsha hududida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston fuqarolarining tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi tizimi joriy etilishi mumkin
2020 yil 13 fevral kuni Varshava shahrida O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N.Husanov Polsha Respublikasi bosh mehnat inspektori V.Lishchek bilan uchrashdi.
Vazirlik xabariga ko‘ra, muzokaralar jarayonida Polsha hududida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston fuqarolarining mehnat huquqlarini himoya qilish va tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi tizimini joriy etish, shuningdek, Polsha hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma olish tartibini soddalashtirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda ikki mamlakat Mehnat inspeksiyalari o‘rtasida tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish va O‘zbekistonda mehnat qonunchiligiga rioya qilishni nazorat tizimiga zamonaviy tajribani joriy qilish maqsadida hamkorlik qilishga kelishib olindi.
O‘zbekistonning mehnat salohiyati, respublika demografik tendensiyasi, mehnat bozorining hozirgi holati, ishchi kasblar bo‘yicha malakali mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha mavjud imkoniyatlar to‘g‘risida ma'lumot berildi.
Muzokara yakunida Polsha Mehnat inspeksiyasi mehnat munosabatlari qonunchiligi buzilishi holatlari bo‘yicha o‘zbekistonlik fuqarolardan murojaatlar kelib tushgan taqdirda, ularning mehnat huquqlarini himoya qilishda yordam ko‘rsatishga tayyor ekanligini ta'kidlab o‘tdi.
Mavzuga oid
08:30 / 22.05.2026
AQSh Polshaga yana 5 ming harbiy jo‘natadi - Tramp
09:03 / 11.05.2026
Orban himoya qilgan sobiq vazir AQShga qochib ketdi
10:10 / 21.04.2026
Fransiya va Polsha harbiy aloqa uchun sun’iy yo‘ldosh yaratadi
21:00 / 23.08.2025