Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aviatsiya bo‘yicha aksiyadorlik jamiyatlari kuzatuv kengashiga xalqaro ekspertlar mustaqil a'zo sifatida jalb qilinadi
Aviatsiya yo‘nalishidagi davlat ulushi mavjud aksiyadorlik jamiyatlari kuzatuv kengashiga xalqaro ekspertlar mustaqil a'zo sifatida jalb qilinadi
Davlat aktivlarini boshqarish agentligida Jahon bankining transport masalalari bo‘yicha bosh iqtisodchisi boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda Humo Air aviakompaniyasini rivojlantirishda, uning raqobatbardoshligini oshirishda va biznes modelini ishlab chiqishda aviatsiya yo‘nalishi doirasida jahon tajribasiga tayanib ish yuritish muhimligi ta'kidlandi.
Jahon tajribasi misolida aviatsiya yo‘nalishiga xususiy sektorni jalb qilish soha rivojlanishini yanada tezlashtirishi haqida so‘z bordi.
Respublikada aviatsiya yo‘nalishidagi davlat ulushi mavjud aksiyadorlik jamiyatlari kuzatuv kengashiga xalqaro ekspertlarni mustaqil a'zo sifatida jalb qilishda Jahon banki vakillari bilan hamkorlik qilishga kelishib olindi.
Muloqot so‘ngida o‘zaro hamkorlikni kengaytirish va istiqboldagi loyihalarni amalga oshirish muhokama etildi. O‘zbekiston aviatsiya sohasini isloh qilish maqsadida Jahon banki va agentlik o‘rtasida muntazam ravishda fikr almashish va zaruratga ko‘ra uchrashuvlar o‘tkazish maqsadga muvofiq ekanligi ta'kidlab o‘tildi.
Mavzuga oid
08:06 / 13.05.2026
Nyu-Yorkdan Londonga 3,5 soatda: yangi aviatsiya davri boshlanmoqda
11:44 / 23.04.2026
Jahon banki Markaziy Osiyo energiya tizimlarini integratsiya qilishga 1 mlrd dollar ajratadi
11:25 / 24.03.2026
Jahon banki Surxondaryoda yo‘l qurishga 200 mln dollar ajratadi
09:06 / 12.03.2026