Jahon | 18:53 / 18.02.2020
10786
2 daqiqa o‘qiladi

Misrlik uchuvchi ishidan ayrilishiga sababchi bo‘lgan aktyordan 1,6 million dollar talab qilmoqda

Foto: RIA Novosti

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan rolikda misrlik aktyor va xonanda Muhammad Ramazon kapitanning yonida samolyotni boshqarayotgani aks etgan. Misrlik artist boshqargan samolyot Saudiya Arabistoniga uchayotgan bo‘lib, uning bortida yo‘lovchilar bo‘lgan.

2018 yil oktyabrda bir umrga litsenziyasidan ayrilgan misrlik uchuvchi Ashraf Abu Yusr uning ishdan bo‘shatilishiga sababchi bo‘lgan aktyor Muhammad Ramazondan 25 million misr funti (1,6 million dollar) talab qilmoqda, deb xabar berdi Youm7 gazetasi.

O‘tgan yil oktyabrda Misr fuqaro aviatsiyasi vazirligi mahalliy aktyorlardan biriga samolyot shturvalini boshqarishga ruxsat bergani uchun xususiy aviakompaniyalardan birining uchuvchisini bir umrga ishdan chetlashtirgandi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan rolikda misrlik aktyor va xonanda Muhammad Ramazon kapitanning yonida samolyotni boshqarayotgani aks etgan. Misrlik artist boshqargan samolyot Saudiya Arabistoniga uchayotgan bo‘lib, uning bortida yo‘lovchilar bo‘lgan.

Gazetaning yozishicha, uchuvchi 6 oktabr nomli shahar sudiga Ramazonga qarshi da'vo arizasi bilan murojaat qilib, "samolyot kabinasidagi foto va videolar chop etilishi natijasida yetkazilgan moddiy va ma'naviy zarar uchun 25 million funt" talab qilgan.

Uchuvchi avvalroq uning ishdan chetlatilishi to‘g‘risidagi qaror qayta ko‘rib chiqilishini so‘rab fuqaro aviatsiyasi boshqarmasiga murojaat qilgandi.

Mavzuga oid