Telefon apparati sotuvchisiga sud hukmi o‘qildi
Fuqaro 16 dona IPHONE’ni Dubaydan Toshkentga olib borib, sotuvdan tushgan pullarni berishini va'da qilgan, biroq ularni Dubayning o‘zida sotib yuborgan
2019 yil 3 dekabr kuni 35 yoshli A.K.ning murojaatida 2019 yil 19 iyul kuni 24 yoshli fuqaro D.T. unga BAAning Dubay shahridan 16 dona IPHONE rusumli telefon apparatlarini sotib olib berishni aytgani bildirilgan, deb yozmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.
Qayd etilishicha, D.T. ushbu telefon apparatlarini Toshkentga olib borib sotishini hamda sotuvdan tushgan pullarni A.K.ning otasi K.K.ga berishni va'da qilganligi uchun A.K. Dubay shahridagi do‘konlardan 16 dona IPHONE rusumli telefon apparatlarini jami 163.740.238. so‘mga sotib olib, Dubay xalqaro aeroportida D.T.ga bergan.
Ammo, D.T. telefon apparatlarini qo‘lga kiritganidan so‘ng O‘zbekistonga uchmasdan, ularni Dubay shahrida sotib yuborib, sotuvdan tushgan pullarni o‘zining ehtiyojlariga ishlatib yuborganligi sababli D.T.ga nisbatan qonuniy chora ko‘rish so‘ralgan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va D.T.ga nisbatan ayblov e'lon qilinib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Tergov jarayonida D.T. tomonidan yetkazilgan moddiy zarar to‘liq qoplangan va unga nisbatan tanlangan ehtiyot chorasi “munosib xulq atvorda bo‘lish to‘g‘risidagi tilxat” ehtiyot chorasiga o‘zgartirilgan hamda jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan sud muhokamasiga yuborilgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Sergeli tuman sudining 2020 yil 21 yanvar kuni chiqarilgan hukmiga ko‘ra, T.D. aybdor deb topilgan va o‘zining aybiga iqrorligi hamda moddiy zararni to‘liq qoplaganligini inobatga olib, unga nisbatan 3 yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan.
Mavzuga oid
12:58
Mobil qurilmalar erasi: eng ko‘p sotilgan telefonlar
11:24 / 06.11.2024
IJQKDning iqtisodiy jinoyatlarni tergov qilish sohasidagi vakolatlari aniqlashtiriladi
11:12 / 29.10.2024
8 yilgacha qamoq jazosi – Jinoyat kodeksiga «lixoradchik»lar uchun alohida modda kiritildi
19:25 / 28.10.2024