Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoydagi ish beruvchilar xodimlarga maosh to‘lash imkoniyati yo‘qligini bildirmoqda
Chjuxay shahridagi Lionsgate Entertainment World ko‘ngilochar parki rahbariyati o‘z xodimlariga maosh to‘lanmaydigan ta'tilga tayyorgarlik ko‘rishlarini bildirgan.
Foto: EPA/Vostock-photo
Xitoydagi aksariyat kompaniyalar koronavirus tarqalishini ro‘kach qilib xodimlarining oylik maoshlarini qisqartirish, kechiktirish yoki maosh berishni butunlay to‘xtatishni boshladi, deb yozmoqda Bloomberg.
Hukumat infeksiya tarqalishining oldini olish uchun shaharlar orasida transport qatnovini cheklagan, korxonalarda yangi yil ta'tillari uzaytirildi. Turizm va savdo hajmi qisqardi. Hukumat va kompaniyalar rahbarlari xodimlarini uydan chiqmaslikka va imkoniyat bo‘lsa masofadan ishlashga chaqirmoqda. Kompaniyalar maosh to‘lashga mablag‘ yo‘qligini yoki karantinda bo‘lgan va ishga kelmaganlarga maosh to‘lashga majbur emasligini bildirmoqda.
Chjuxay shahridagi Lionsgate Entertainment World ko‘ngilochar parki rahbariyati o‘z xodimlariga maosh to‘lanmaydigan ta'tilga tayyorgarlik ko‘rishlarini bildirgan.
Xanchjou shahridagi dasturlash va robototexnika maktabida mashg‘ulotlarning bekor qilinishi sababli xodimlar maoshlarining 30 foizdan 50 foizgacha qismini yo‘qotadi.
19 fevral kungi ma'lumotlarga ko‘ra, Xitoyda jami 74185 kishi xastalangan, 2004 kishi vafot etgan. 18 fevral kuni 136ta o‘lim va virus yuqtirishning 1749ta yangi holati qayd etilgan. O‘lim holatlarining aksari koronavirus o‘chog‘i bo‘lgan Xubeyga to‘g‘ri kelmoqda - 1921 kishi.
Xitoy ma'murlari 14 376 kishi sog‘ayib ketganini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
21:06 / 26.01.2026
Yaponlar pandalar bilan xayrlashmoqda – o‘zaro munosabatlar yomonlashgani tufayli Xitoy ularni qaytarib olmoqda
20:06 / 26.01.2026
O‘zbekiston milliy jamoasi nazorat o‘yinida Xitoy bilan durangga erishdi
09:35 / 26.01.2026
Xitoyda nufuzli generallarga qarshi tergov boshlandi
08:42 / 26.01.2026