Jamiyat | 09:19 / 20.02.2020
9831
2 daqiqa o‘qiladi

Moskvada voyaga yetmagan o‘zbekistonlik ikki nafar farzandi bilan hujjatsiz qolib ketgani tasdiqlandi

Foto: KUN.UZ

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi konsullik bo‘limi Moskva shahrida ikki nafar farzandi bilan hujjatsiz qolib ketgan voyaga yetmagan O‘zbekiston fuqarosi S.Sh. to‘g‘risida tarqalgan xabarni tasdiqladi. 

Tashqi ishlar vazirligi ma'lumotiga ko‘ra, u doimiy ravishda diplomatik missiyaga murojaat qilgan, lekin zarur hujjatlarni rasmiylashtirish uchun elchixona qo‘ng‘iroqlariga javob bermagan.

Hozirgi paytda ushbu ayol bilan aloqa o‘rnatilgan hamda u va uning farzandlarini vatanga qaytarish bilan bog‘liq konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalar hal qilinmoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti eslatishicha, Rossiyaning Markaziy federal okrugi (Belgorod oblasti, Bryansk oblasti, Vladimir oblasti, Voronej oblasti, Ivanovo oblasti, Kaluga oblasti, Kostroma oblasti, Kursk oblasti, Lipetsk oblasti, Moskva shahri, Moskva oblasti, Orlov oblasti, Ryazan oblasti, Smolensk oblasti, Tambov oblasti, Tver oblasti, Tula oblasti, Yaroslav oblasti) va Armaniston hududidagi fuqarolar zarur vaziyatlarda Moskva shahridagi elchixonaga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkin: : +7 499 230-00-76, +7 499 238-36-20.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid