Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turk kompaniyasi Olmaliq tog‘-kon metallurgiya kombinatiga investitsiya kiritadi
Turkiyaning «Ronesans Holding» kompaniyasi Olmaliq tog‘-kon metallurgiya kombinatiga 4,1 milliard dollar miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar kiritadi. Bu bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga tashrifi doirasida 20 fevral kuni Anqara shahrida turkiyalik ishbilarmonlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvda kelishib olingan.

«Ronesans Holding» bilan «O‘zbekiston metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyatini modernizatsiya qilish va rivojlantirishga 630 million yevro, Olmaliq tog‘-kon metallurgiya kombinatiga 4,1 milliard dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar kiritish, shuningdek, shifoxonalar va savdo markazlarini qurish bo‘yicha umumiy qiymati qariyb 3 milliard dollarlik yangi loyihalarni amalga oshirish to‘g‘risida kelishuvlarga erishildi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Bundan avvalroq O‘zbekiston prezidenti Turkiyaning yetakchi kompaniyalari va banklari rahbarlari bilan uchrashuvda turkiyalik investorlar uchun O‘zbekistonda barcha huquqiy sharoitlar kafolatlangani haqida aytib o‘tgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
17:59 / 20.06.2026
O‘zbekiston fuqarolarining xorijdagi kompaniyalar aksiyalarini sotib olishi osonlashadi
21:24 / 17.06.2026
O‘zbekiston investitsiyaviy salohiyatini izchil oshirib bormoqda - Saida Mirziyoyeva
20:58 / 16.06.2026
Saida Mirziyoyeva AQSh kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi
18:04 / 16.06.2026